"101" Ogoxlantiradi
09.12.2020

"101" Ogoxlantiradi

Yong’in eng xavfli ofatlar sirasiga kiradi. U joy ham, vaqt ham tanlamaydi, rahm – shavqat nimaligini bilmaydi. Kechagina tiklangan chiroyligina imoratmi yoki asrlar sinoviga dosh berib, kork tokib turgan bahaybat bebaho me`moriy yodgorlikmi, farqiga bormay, hammasini yamlamay yutib, koz ochib yumguncha oldin olovga, keyin kulga aylantiradi. Eng dahshatlisi, inson hayoti na sogligiga jiddiy xavf solidi.
Yongin hodisalarining aksariyati qoqqisdan roy beradi. Eng achinarlisi, ular faqat ob-havo noqulayliklari yoki tabiat injiqlikalari tufayligina emas, aksariyat hollarda ozimizning beparvoligimiz yoki oxirini oylamay netmay ish tutashimiz oqibatida kelib chiqadi. Masalan, kimdir kochada ketayotib, yolidagi hali choglanib turgan sigareta qolgini duch kelgan joyga uloqtiradi. Kimdir uyidagi radio televizor, dazmol va gaz plitalarini ochirishni unutadi yoki nosoz elektr asbob uskunalardan foydalanadi. Boshqa birov yosh bolalarning gugurt oynashiga yol qoyib beradi. Bir soz bilan aytganda, oddiygina xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaymiz.
Keyingi vaqtlarda ayrim hamyurtlarimiz turli joylarda tashlab ketilgan chiqindilarni yoki ochiq maydonlardagi qurib qolgan ot olanlarni yoqib yuborishga odatlanadi.
Bu bir tomondan, ekologiya buzilishiga, ikkinchi tomondan, yonginlar kopayishiga olib kelmoqda. Osha olovlar ba`zan yon atrofdagi turar joylar va boshqa inshootlarni dam qamrab olib katta talofatlar sabachisiga aylanmoqda.
Biz hech qachon olov bilan oynashmasligimiz, erinchoqlik va beparvolikka yol qoymasligimiz, saranjom sarishtalik va tozalikka rioya qilish xalqimizning azaliy odatlaridan biri ekanligini doimo yodda tutmogimiz kerak. Zero, qaysi jabhada va qayerda bolmasin, hushyorlik hamisha davr talabi hisoblanadi. Unga qat`iy amal qilganlarning kongli xotirjam, turmushi farovon boladi!