OzR VMning 2020 yil 11 noyabrdagi Ozbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini royxatga olishga tayyorgarlik korish va uni otkazish chora-tadbirlari togrisidagi 710-sonli qarori ijrosi yuzasidan ma`lumot
07.12.2020

OzR VMning 2020 yil 11 noyabrdagi Ozbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini royxatga olishga tayyorgarlik korish va uni otkazish chora-tadbirlari togrisidagi 710-sonli qarori ijrosi yuzasidan ma`lumot

“Aholini ro‘yxatga olish togrisida”gi Ozbekiston Respublikasi Qonunida va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ozbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini royxatga olishni otkazish konsepsiyasini tasdiqlash togrisida 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, aholini royxatga olishning tashkiliy va metodik prinsiplarini, dasturiy-texnik ta’minoti va malumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan otkazish, davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini royxatga olishga tayyorgarlik korish va uni otkazish jarayonlaridagi masuliyatini yanada oshirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi Ozbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini royxatga olishga tayyorgarlik korish va uni otkazish chora-tadbirlari togrisidagi 710-sonli qarori qabul qilindi.
Ozbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini royxatga olishga (keyingi orinlarda - aholini royxatga olish) tayyorgarlik korish va uni otkazish hamda natijalarini qayta ishlash jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq tolash tartibi belgilandi. Aholini royxatga olish jarayonlariga jalb qilinadigan shaxslar Ozbekiston Respublikasi fuqarosi bolishi, davlat tilini bilishi, umumiy orta, orta maxsus (kasb-hunar talimi) yoki oliy malumotga ega bolishi, muomala layoqatiga ega bolishi, aholi bilan muloqotga kirisha oladigan, aniq va tushunarli yoza oladigan hamda tegishli hududda doimiy yashab turgan bolishi talab etiladi. Aholini royxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasporti) va STIR (soliq tolovchining identifikatsiya raqami) mavjud bolishi lozim. Aholini royxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan shaxslarning asosiy ish (oqish) joylaridagi lavozimi va ortacha oylik maoshlari (stipendiyalari) saqlab qolinadi.