Korxonaning bir gurux yoshlari Buxoro viloyatining Buxoro shahriga sayoxat va ziyoratga olib borildi.
02.12.2020
Korxonaning bir gurux yoshlari Buxoro viloyatining Buxoro shahriga sayoxat va ziyoratga olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizimni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5611-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va O‘zbekiston energetika xodimlari Kasaba Uyushmasi Respublika Kengashining 2020 yil 2 martdagi “Xodimlar va ularning oila a’zolari uchun Respublikamizning tarixiy shaharlariga sayohatlar tashkil etish ishlariga ko‘maklashish to‘g‘risida”gi 19-17 “s”-sonli Rayosat Qaroriga asosan “Sirdaryo IES” AJda o‘zining tashabbuskorligi, korxonada o‘tkazilgan ma’daniy ma’rifiy tadbirlar, sport va jamoat ishlaridagi faolliklari va ishlab chiqarish jarayonidagi mehnatlari sabab, korxonaning bir gurux yoshlarini 2020 yil 27 noyabr kuni Buxoro viloyatining Buxoro shahriga sayoxati va ziyorati uyushtirildi.
Ushbu sayoxat orqali ishchi-xodimlarimiz Buxoroning bugungi kundagi qiyofasini va “Etti pir ziyoratgohi”ni, jumladan; Hazrat Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Muhammad Orif Ar Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Hazrat Bahouddin Naqshband kabi buyuk pir va allomalarni ziyorat qilishdi.
Sayoxatga 25 nafar ishchi-xodimlar borishdi va ushbu ziyoratdan ko‘ngillari nurga to‘lib mamnun bo‘lib qaytishdi.
Sayoxat va ziyorat sifatida Buxoroga tashrif buyurgan korxonamiz ishchi-xodimlari 29 noyabr kuni o‘z uylariga qaytishdi. Korxona Kasaba Uyushma Qo‘mitasi tomonidan ziyorat va sayohatning barcha harajatlar qoplandi.

