Is gazi haqida tushuncha
25.11.2020
Is gazi haqida tushuncha
Qish mavsumi yaqinlashishi bilan isitish jixozlariga extiyoj ortib boradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, biz yashab turgan xonadonlarimizni isitish uchun turli choralar ko‘ra boshlaymiz.
Kuz-qish mavsumida sodir bo‘layotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish holatlari bilan bog‘liq. Xo‘sh, is gazi nima o‘zi? Is gazi (SO) rangsiz, xidsiz, zaharli birikma bo‘lib, tabiiy gaz yoqilg‘i ko‘mir, o‘tin cho‘g‘larining to‘liq yonmasligi oqibatida hosil bo‘ladi. Tutun tarkibida 3 % ishlangan gazda 13%, portlovchi gazlar tarkibida esa 50-60% gacha is gazi bo‘ladi. Is gazi shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarning ishlab chiqaradigan korxonalarda avtoulovlar turar parklarida, yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda, shuningdek uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan isitiladigan uylar xammomlarda, dam olish palatkalarida yonuvchi moddalarning to‘liq yonmasligi natijasida zaxarlanishi mumkin. Is gazi organizmga nafas a’zolari orqali ta’sir etadi. Ushbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma- karboksigimoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning to‘qimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga og‘ir holatlarda esa – anoksiyaga olib kelishi hamda shu tariqa inson xayotdan ko‘z yumishi mumkin.
Fuqarolar tabiiy va is gazidan zaharlanganda chaqnash bilan bog‘liq kuyishlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari xaqida tushunchalarga ega bo‘lishi lozim. YAna shuni aytib o‘tish lozimki, is gazidan zaharlangan aholini ko‘pgina qismi ommaviy axborot vositalari orqali keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot olib borilishiga yetarli darajada e’tibor qaratmasliklari oqibatida o‘zlariga kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega emasliklari ma’lum bo‘lmoqda.
Aziz ishchi xodimlar, barchangizni gazdan zaharlanish va chaqnash bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yuzaga kelish omillarini bartaraf etish tadbirlarida ogohlik va faolikka chaqiramiz.