Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash davr talabi
27.07.2020

Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash davr talabi

Mamlakatimizda xodimlarni kasbga tayyorlash, kasbiy malakasini oshirish va kelgusida yetuk mutaxassislar tayyorlash bo’yicha bir qator ishlar olib borilayotgan bir vaqtda davlat miqyosida bolgan tashkilot “Sirdaryo IES” aksiyadorlik jamiyatida ham bu ishlarni jadal amalga oshirish borasida korxona tarkibida Xodimlar tayyorlash markazi faoliyat yuritib kelmoqda.
Mazkur markazining asosiy maqsadi va vazifalari korxona ishchi xodimlarini kasbga tayyorlash, kasbiy malaka va konikmalarini oshirib, ishlab chiqarishda uskunalarni toxtovsiz, ishonchli va mustahkam ishlashini ta`minlab, mustaqil vatanimizni rivojlantirishi uchun zarur bolgan elektr energiya ishlab chiqarishda yuqori natijalarga erishishdan iborat.
Argonli payvandlash ( ) boyicha 10 nafar panvandchilar guruxi shakllanttirilib, joriy yilning 14 iyulidan oqish boshlandi. Darslar korxona faollar zalida Ozbekenergoqurilish nodavlat ta`lim muasssasi tomonidan masofaviy ta`lim (online tizim) asosida tashkil etilgan bolib, haftaning dushanba, chorshanba hamda juma kunlari soat 16:00 da boshlanmoqda.
Atrof muhitni muhofaza qilish labaratoriyasini navbatdagi attestatsiyaga tayyorlash uchun labaratoriya xodimlari malakisni oshirish maqsadida, Ozbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish davlat qomitasi tomonidan tashkil etilgan 72 soatlik oquv kursida 1 nafar xodim malakasini oshirmoqda. Darslar onlayn tarzda tashkil etilgan bolib, oquv kursi 13.07. dan 23.07.2020 yilgacha davom etadi.
Korxona Axborot texnologiyalarini raqamlashtirish bolimi xodimlarining malakasini oshirish uchun Oquvenergoqurilish nodavlat ta`lim muassasasi bilan onlayn darslar tashkil qilish boyicha ishlar olib borilmoqda