Obod joyda hamisha baraka bo'ladi
24.07.2020

Obod joyda hamisha baraka bo'ladi

"Sirdaryo IES" AJning  energobloklarida joriy va kapital ta`mir ishlari va 5-6-energobloklarda modernizatsiya ishlari ketayotgan bir vaqtda, korxona hududida obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish va tozalash ishlari olib borilmoqda.
Stansiyaga kirib kelish yo'l yoqasiga 4 000 tup mevali va manzarali daraxtlarga shakl berilib, 6 gektar gazon maysalariga ishlov va sug'orish ishlari olib borilmoqda.
Bo'y cho'zgan archalar kimyoviy usul bilan yuvilmoqda , bu esa archalarni yanada go'zallashtirib odamlarni bahri dilini quvontiradi. Hududni ekologik holatini yaxshilab, nafas olishlarini yengillashtiradi va korxonaning ko'rkiga ko'rk qo'shmoqda.

Возврат к списку