Madaniy - ommaviy tadbirlar xususida
17.07.2020

Madaniy - ommaviy tadbirlar xususida

Korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasida joriy yilning birinchi yarim yilligida otkazilgan madaniy- ommaviy tadbirlar sarhisobi qilindi.
-“Navroz” umumxalq bayrami munosabati bilan vaxta A, V, G operativ ishchi xodimlari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.
- 8 – mart Halqaro xotin qizlar kuni bayrami munosabati bilan korxonada ishlayotgan har bir ayolga bayram arafasida gullar tarqatildi.
-Energetika tizimini rivojlanishida va energobloklarni qurilishi hamda montaj ishlarida ulkan hissa qoshgan fidoyi sobiq rahbarlar xotirasiga (V.I.Bojko., L.E.Tepikin., V.R.Milikisyan., O.O.Lider) yodgorlik lavhalari tayyorlandi va kelajak avlodga ushbu shaxslarni yanada yaqinroq tanishtirish kabi koplab maqsadlarda, korxonaning boshqaruv binosinng kirish qismiga, gullar bilan bezatilgan holda ornatildi.
- Sirdaryo IES AJga kirib kelish hududi va shaharda barpo etilgan Energetiklar xiyoboniga energobloklarni ishlab chiqarish quvvatlari va ularni ishga tushirilgan yillari salnomasi tayyorlanib ornatildi.
- Turli bayramlar munosabati bilan korxonada kop yillar ishlab, bugungi kunda ozgalar yordamiga muhtoj 7 nafar yolgiz qariyalar holidan xabar olinib, ularga oziq - ovqatlardan iborat jamlanmalar berildi, YAngier shahrida joylashgan qariyalar uyiga ham 2,0 mln somlik homiylik yordami korsatildi.
- SHirin shahar hududida tashkil etilgan Energetiklar muzeyida, korxonada samarali mehnatlari uchun Ozbekiston Energetika faxriysi unvoni berilgan xodimlarni rasmlaridan foto jamlanmalar tayyorlandi.
Xodimlarni ma’naviy-madaniy jihatdan yanada qollab quvvatlash ishlari davom ettirilmoqda.