"Sirdaryo IES" AJda Xodimlar tayyorlash markazi tomonidan kadrlarni tayyorlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar to'g'risida
16.07.2020

"Sirdaryo IES" AJda Xodimlar tayyorlash markazi tomonidan kadrlarni tayyorlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar to'g'risida

Bizning korxonamiz ishlab chiqarish quvvati bo’yicha mamlakatimizda qolaversa Orta Osiyoda eng yirik korxona bolib, Ozbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 33% ni tashkil qiladi. Bizning korxonamizda ishlatiladigan texnikalar murakkabligi sababli, hamma ham bizning korxonada ishlash imkoniyatiga ega emas. Korxonada ishlash uchun energetika sohasi boyicha orta – maxsus yoki oliy ta`limni ta`limni tamomlagan mutaxassislar suhbat asosida ishga qabul qilinadi. Ishga qabul qilingan har bir xodim yuqori malakali mutaxassislarga biriktirilib, “Ustoz shogird” an`analari va Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil qilish qoida lariga asosan tayyorgarlik ishlarini olib boradi. Energetika sohasida mutaxassis bolib yetishish uchun bir necha yillar davomida ozining bilim saviyasini tinimsiz oshirib borish natijasida erishish mumkin.
Mamlakatimizda xodimlarini kasbga tayyorlash, kasbiy malakasini oshirish va kelgusida yetuk mutaxassislar tayyorlash boyicha bir qator ishlar olib borilayotgan bir vaqtda davlat miqyosida bolgan tashkilot Sirdaryo IES aksiyadorlik jamiyatida ham bu ishlarni jadal amalga oshirish borasida korxona tarkibida Xodimlar tayyorlash markazi faoliyat yuritib kelmoqda.
Mazkur markazning asosiy maqsadi va vazifalari korxona ishchi xodimlarini kasbga tayyorlash, kasbiy malaka va konikmalarini oshirib, ishlab chiqarishda uskunalarni toxtovsiz, ishonchli va mustahkam ishlashini va mustahkam ishlashini ta`minlab, mustaqil vatanimizni rivojlanishi rivojlanishi uchun zarur bolgan elektr energiya ishlab chiqarishda yuqori natijalarga erishishdan iborat.
2020 yilning 6 oyi mobaynida Xodimlar tayyorlash markazi tsexlar bilan birgalikda quyidagi ishlarni amalga oshirdi:
  • stajyor va oquvchilar safidan 9 nafari yangi kasbga tayyorlandi;
  • ishchilar safidan 83 nafari kasbiy malakasini oshirdi;
  • muhandis texnik xodimlar safidan 19 nafari kasbiy malakasini oshirdi
Korxonaning 677 nafar ishchi xodimlari Xodimlar tayyorlash markazidagi kompyuterlarga ornatilgan oquv dasturlarini foydalanilgan xolda bilim aviyalarini oshirdi