: A A A
Sirdaryo IES AJ da 30 iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Birlashib biz katta kuchmiz shiori ostida ma`naviy ma`rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
02.07.2019

Sirdaryo IES AJ da 30 iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Birlashib biz katta kuchmiz shiori ostida ma`naviy ma`rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirni “Sirdaryo IES” AJ Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi S.Sh. Yaribekovochib berib yoshlarni bugungi bayram bilan tabikladi.
So'ngra Sirdaryo IES AJ Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti yetakchisi D.B. Mamurov so'zga chiqib, korxona Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining yarim yillik xisobotini prezentatsiya ko'rinishida o'qib eshittirdi va biz yoshlarga berilayotgan bundan yuksak ishonch va imkoniyatlardan to'g'ri foydalanishimiz kerakli haqida gapirib o'tdi.
Shundan so'ng, yoshlarimizni tabriklash va taqdirlash uchun so'z navbati O'zbekiston Qaxramoni, Oliy Majlis Senati a`zosi, korxona bosh direktori Mirzaxmat Ismatovich Shaimovga berildi. M. Shaimov korxonaning barcha yoshlarini yaqinlashib kelayogan 30 – iyun O'zbekiston Yoshlar kuni bayrami bilan samimiy tabriklab, ishlab chiqarishning barcha jabxalarida o'zining jonkuyar, o'z kasbining mohir ustasi va barcha ishlarda faol bo'lgan yoshlarni turli nominatsiyalar bo'yicha taqdirladi.