: A A A
Belgilangan vazifalar amalda
28.03.2019

Belgilangan vazifalar amalda

Prezidentimizning 2017 yil 23 maydagi “Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bolinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida”gi Qarori Sirdaryo IESAJ xodimlari uchun yonginlar profilaktikasining ilgor shakl va usullarini joriy etish, ulardan samarali foydalanish orqali yongin xavfsizligi xizmati tizimini takomillashtirish, har bir inspektor oz xizmat majburiyatlarini Yongin xavfsizligini ta’minlash - eng ustuvor vazifa tamoyili asosida sozsiz bajarilishini taminlashda muhim qadam boldi.
Qarorga kora haftaning har chorshanba kuni stantsiya hududida Yonginlar profilaktikasi kuni deb belgilanganligi munosabati bilan bolimimiz tomonidan bu borada keng qamrovli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tegishli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, tadbir davomida sexlarda texnologik jarayonlarda, olovli ishlarni olib borish, ishlab chiqarish jarayonida uskuna va agregatlardan foydalanishning yonginga qarshi holati ob'yektda tashkil qilingan Yongin texnik komissiyasi bilan hamkorlikda qonunchilikda belgilangan tartibda organib chiqilmoqda.
Otkazilgan tekshirishlar davomida aniqlangan kamchiliklar Yongin texnik komissiyasi va sex raxbarlari ishtirokida Yonginlar profilaktikasi kunida otkazilib borilayotgan yigilishlarda muhokama etib borilmoqda.
Qaror ijrosini taminlashga qaratilgan tadbirlar davom ettirilayotir.