: A A A
Hamkorlikda olib borilayotgan tadbirlar
27.03.2019

Hamkorlikda olib borilayotgan tadbirlar

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" deb e’lon qilingan 2019 yilning o‘tgan oylari mobaynida “Sirdaryo IES” AJning barcha tsexlarida bino va inshoatlarida yonginga qarshi tadbirlar samarali otkazildi.
Prezidentimizning 2017 yil 23 maydagi Ichki ishlar organlari yongin xavfsizligi bolinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Qarorning 6-bandi talablariga asosan har haftaning chorshanba kuni Yonginlar profilaktikasi kuni tadbiri muntazam otkazilib kelindi. Bu tadbirlar stantsiyaga qarashli barcha tsexlarda otkazilib, ulardagi bino-inshoatlar texnologik jarayonlar ishlab chiqarish uskuna va agregatlarining yonginga qarshi holatlari stantsiyaning ushbu yonalishda masul bolgan mutasaddi xodimlari bilan hamkorlikda tekshirilib chiqildi.
Bunda asosiy etibor, ob'yektlarda avtomatik yongin ochirish qurilmalari va yongindan xabar beruvchi moslamalarning soz holatga keltirish, elektr qurilma va tarmoqlarning yongin xavfsizligi qoidalari talablariga toliq javob berishi, maskanlarning suv bilan toliq taminlanishiga qaratildi.
Yonginga qarshi holatlar tekshirilishi mobaynida aniqlangan yongin xavfsizligi qoida-talablari buzilish holatlari joyida bartaraf etilishiga erishilib kelinmoqda.
Yonginga qarshi tadbirlar otkazilishi jarayonida fuqarolarga yonginni kelib chiqish omillari va ularning ogir oqibatlari xaqida tushunchalar berilib, yongin xavfsizligi qoida-talablariga rioya etilishi yuzasidan saboqlar berib borilmoqda.
Ushbu otkazilayotgan tadbirlar stantsiya ishchi-xizmatchilarining yongin xavfsizligi yonalishida bilim va konikmalarini oshirishga xizmat qiladi.