: A A A
Ozbekiston energetikasining bayroqdori Sirdaryo IES AJ da amalga oshirilayotgan yangilanish va ozgarishlar.
18.12.2018

Ozbekiston energetikasining bayroqdori Sirdaryo IES AJ da amalga oshirilayotgan yangilanish va ozgarishlar.

Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi o‘tgan asrning 70-80 yillarida ishga tushirilgan. Ishlab chiqarish quvvati boyicha nafaqat Ozbekistonda, balki Orta Osiyo miqyosida ham tengsiz hisoblanadi.
Oradan 40 yil otib elektr stansiya texnik va texnologik jixatdan ozgarishlarga muxtoj bolib qoldi.
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, 2014-2015 yillarda Rossiyaning «Silove mashin» kompaniyasi tomonidan ikkita energoblok keng kolamli modernizatsiya qilindi. Modernizatsiya natijasida har bir energoblokning ishlab chiqarish quvvati 300 mVt dan 325 MVt gacha oshirildi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga yoqilgi sarfini kamaytirishga erishildi.
2016 yil 10 oktyabr kuni Sirdaryo IES AJ ga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoev SHavkat Miromonovich tashrif buyurib, 1,2 – energobloklarda amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Natijalarni korgan holda, Sirdaryo IES AJ ning qolgan 6 ta energobloklarida ham modernizatsiya ishlarini davom ettirish boyicha korsatmalar berdilar.
Hozirgi kunda, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining R-5158 sonli 2017 yil 29 dekabrdagi qabul qilingan qaroriga asosan Sirdaryo IESAJ energobloklarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlari jadal olib borilmoqda.
Modernizatsiya bizga nima beradi ?
Modernizatsiya qilingan har bir energoblokning ishlab chiqarish quvvatining oshirilishi hisobiga bizga bir soatda 75 mVt qoshimcha quvvat beradi. Bu bir yilda 600 mln kVt/soat elektr energiya degani. Energobloklarni modernizatsiya qilish natijasida yoqilgi sarfi 10-15 foizga, ta’mir xarajatlari esa 40 foizga kamayadi, energobloklarni ishlash muddati yana 20 yilga uzaytiriladi.
Xulosa qilib aytganda, Sirdaryo IES AJ da roy berayotgan ozgarishlar va texnologik yangilanishlar, Ozbekiston Respublikasida xalq farovonligi yolida amalga oshirilayotgan ishlarning bir qismidir.


Ro`yxatga qaytish