: A A A
Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish
09.03.2018

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish

Joriy yilning 27 fevral kuni “Sirdaryo IES” AJ Axborot texnologiyalari bo‘limida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi 22 - sonli Qarori togrisidagi yigilish muhokamasi bolib otdi.
Yigilishni korxona yuriskonsulti B. Mamatqulov kirish sozi bilan ochib berib, qarorda maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz istemolini hisobga olishda zamonaviy uskunalar xarid qilish, ornatish, royxatdan otkazish, davriy davlat qiyoslash va plombalash tegishli ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz taminoti tashkilotlari mablaglari hisobidan amalga oshirilishi qayd etilganligini aytib otdi. Bunda faqat zamonaviy hisoblash uskunalari haqida gap ketayotgan bolib, davr talabiga javob bermaydigan hisobga olish uskunalari bilan bogliq jarayonlar uchun sarflanadigan xarajatlar istemolchi tomonidan amalga oshirilishini takidladi.
Shuningdek, agar hisoblagichga istemolchi aybi bilan zarar yetkazilsa uni almashtirish, tamirlash, davlat qiyoslovidan otkazish va ornatish davlat tomonidan qoplab berilmaydi. Ayni paytda qaror talablari hududiy elektr tarmoqlari korxonalari zimmasiga ham katta masuliyat yuklaydi. Aholining elektr energiyani hisobga olish uskunalarini oz vaqtida davlat qiyoslovidan otkazishni tarmoq korxonalari amalga oshiradi. Endilikda istemolchilar oz hisoblagichlarini qiyoslovdan otkazishga javobgar emas. Bu borada tadbirkorlik subektlari uchun ham bir qator engilliklar yaratildi. Ushbu qaror bilan "Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari, "Maishiy istemolchilar uchun elektr taminotining namunaviy shartnomasi, "Yuridik shaxslar uchun elektr taminotining namunaviy shartnomasi va boshqa meyoriy hujjatlar ham tasdiqlanganligi yigilish ishtirokchilari tomonidan aytib otildi.
Kun tartibiga qoyilgan masala yuzasidan Axborot texnologiyalari bolimi boshligi N. Xasanov, bolim muhandisi M. Xayrullayevlar ham sozga chiqib, gaz hamda elektr energiyasi istemolining aniq hisob-kitobi, bu borada innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish mazkur sohalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi, qolaversa, aholining tejamkorlikka rioya qilishi, energiya resurslaridan oqilona foydalanish turmush farovonligida muhim ekanligini aloxida takidlab, yigilish qatnashchilariga oz mulohazalarini bildirishdi.

Ro`yxatga qaytish