: A A A
Korxonada yongin xavfsizligi boyicha tadbir bolib otdi.
30.01.2018

Korxonada yongin xavfsizligi boyicha tadbir bolib otdi.

Yong‘in xavfsizligi boyicha viloyat komissiyasi” ning majlisi bayoni korxonaning barcha mutassadi ishchi-xodimlari bilan 25 yanvar kuni katta majlislar zalida Yongin xavfsizligi bolimi xodimlari bilan birga ishlab chiqildi.
Yigilishda Ozbekiston Respuplikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi “Ichki ishlar organlarining yongin xavfsizligi bolinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi PQ-2992 sonli qarori muxokama qilindi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida korxonada tegishli buyruqlar ishlab chiqildi. Viloyat hokimi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan korxona 2017 yil 6 dekabrda oz chora-tadbirlarini ishlab chiqdi.
Qaror talablariga asosan xaftaning xar chorshanba kuni Yonginlar profilaktikasi kuni otkazilib sex va bolim boshliqlarini xisoboti tinglanib, tanqidiy korib chiqilmoqda. 25 yanvar kuni majlis davomida boshqa davlatlarda, Respublikamizda va viloyatda yuz bergan yonginlar video roliklari namoyish etildi. Xar bir yuz bergan yongin sabablari organilib, yonginlarni oldini olish boyicha tushuntirishlar berildi. Yigilish bayonining qarori ijrosini bajarib korxonada quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
Ozbekiston Respublikasi IIB Yongin Xavfsizligi Bosh Boshqarmasining 2015 yil 12 martdagi 3-sonli yozma korsatmasida qayd etilgan 177 banddan bugungi kunda 168 tasi bajarilishiga erishildi, qolgan 9 ta band boyicha tegishli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan: 2 ta yongin ochirish avtomashinasiga moljallagan depo ishga tushirildi va tola faoliyat olib bormoqda. Sirdaryo IES AJ hududida joylashgan 3-10-energobloklarida yonginni avtomatik ochirish qurilmalari zamonaviy yongin ochirish qurilmalariga almashtirish ishlari olib borilmoqda. Korxona ishchi-xizmatchilarni yongin xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari hamda sodir bolishi mumkin bolgan yonginlarni tez va samarali bartaraf etishlari yuzasidan oquv mashgulotlari otkazilib kelinmoqda. Korxona hududida yongin xavfsizligi qoidalarini buzgan ishchi-xizmatchilari bilan komissiya tarkibida yigilishlarda tanqidiy muxokama etib borilmoqda va keskin choralar korilmoqda.


Ro`yxatga qaytish