: A A A
Fidoying bolgaymiz seni, Ozbekiston! shiori ostida ishchi va xizmatchilar uchun bayram tadbirlari bolib otdi
31.08.2017

Fidoying bolgaymiz seni, Ozbekiston! shiori ostida ishchi va xizmatchilar uchun bayram tadbirlari bolib otdi

Sirdaryo IES AJ korxonasida 2017 yil 24-25 avgust kunlari Mustaqilligimizning 26 yilligi hamda muborak Qurbon xayiti  munosabati bilan, Fidoying bolgaymiz seni, Ozbekiston! shiori ostida ishchi va xizmatchilar uchun bayram tadbirlari bolib otdi.
Tadbirda, stantsiya xodimlari uchun bayram dasturxoni yozilib, barcha xodimlarga bayram kayfiyati ulashish maqsadida korxona estrada guruxi tomonidan dil tortar qoshiqlar ijro etildi.
Ushbu bayram tadbiriga shahrimizning korxona va tashkilot raxbarlari ham tashrif buyurishdi. Barcha  shunday tinch va osoyishta Vatanda yashash, uning har qarich yerini ezozlash kabi ezgu maqsadlar bilan bir dasturxon atrofida jam bolishdi.
Sirdaryo IES AJ korxonasi Bosh direktori birinchi orinbosari -ishlab chiqarish boyicha direktor Sh. A. Mamatqulov, Kasaba uyushmasi qomitasi raisi S.Sh.Yaribekov va Shirin shahar hokimi  I.M.Begaliyev yigilganlarni va barcha ishchi-xizmatchi xodimlarni bayram bilan samimiy muborakbod etib, birinchi Prezidentimiz aytganlaridek Tinch va osoyishta yurtga bayramlar yarashadi deya takidlab, bu soz zamirida tinchlik, vatanga bolgan mehr va fidoiylik yotganini, bugungi kunga shukronalik hissi bilan yashash kerakligi,  mustaqillikka erishish yolida va 26 yillik davr davomidagi qiyinchiliklar va amalga oshirilgan yutuqlar xususida gapirib, tinchlik va ushbu kunlar oz-ozidan barpo bolmaganligini yigilganlarga eslatib otdilar.
Yurtimizda muborak Qurbon hayitida keksalarni qadrlash, ularni ahvolidan xabar olish doimiy odatga aylangan. Xuddi shunday maqsadda, Bosh direktor tashabbusi bilan  Korxonada ishlab nafaqaga chiqqan 40 ta nafaqaxorning oilaviy turmushi, xol-ahvoli va sogligidan xabar olinib, ularga korxona tomonidan oziq-ovqat maxsulotlari tarqatildi.
          Bundan tashqari  2017 yil 26 avgustda shahrimizning Nurchilar istirohat bogida Mustaqilligimizning 26 yilligi munosabati bilan  bayram tadbiri juda kotarinki ruxda otkazildi va kuy-qoshiqlar raqslarga ulanib ketdi. Ushbu tadbirga Toshkent shahridan Afzal Xusanov va boshqa taniqli estrada yulduzlari tashrif buyurishdi.
    Mustaqillik bayram  shukuxi shahrimiz axolisi va korxonamiz ishchi xodimlari tomonidan munosib kutib olinmoqda, bayram tadbirlari esa  davom etmoqda.  

Axborot xizmati

Ro`yxatga qaytish