: A A A
Senator va yoshlar uchrashuvi
31.07.2017

Senator va yoshlar uchrashuvi

“Sirdaryo IES” AJ Bosh direktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi M.I.Shaimov 2017 yil 17 iyul kuni korxona yoshlari bilan Ozbekiston Respbulikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 30 iyun kuni Kamolot YoIHning IV qurultoyidagi nutqi va 2017 yil 5 iyuldagi Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Ozbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qollab-quvvatlash togrisidagi Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati mavzusida otkazilgan yigilishda ishtirok etdi.
Senator M.Shaimov korxona yoshlariga mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarni manaviy yetuk va jismonan soglom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilganligini, Prezidentimiz Farmoniga asosan, Ozbekiston Kamolot YoIH negizida Ozbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilib, Ozbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun - 30 iyun sanasi mamlakatimizda Yoshlar kuni sifatida nishonlanishini, hamda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida yaratilgan keng imkoniyatlar, imtiyozlar va shu bilan birga ularga yuklatilgan masuliyat va vazifalar haqida ham gapirib otdi.
Mazkur Farmon ijrosi natijasida respublikamiz yoshlarining hayoti va faoliyatida tub burilish bolishi alohida takidlab otildi.
Yigilish songgida, yigilish qatnashchilari bolmish yoshlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
Shu bilan birga, barcha sex va bolim boshliqlariga yosh mutaxassis kadrlar orasidan korxona Yoshlar ittifoqi kengashiga munosib nomzodlarni tavsiya etish boyicha tavsiyalar berildi.
Korxonada tashkil etilishi kozda tutilgan Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkiloti faoliyatini qollab-quvvatlash va takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi boyicha tegishli yol-yoriq va vazifalar topshirildi.


Ro`yxatga qaytish