: A A A
Biz mustaqil Vatan farzandlarimiz
30.05.2017

Biz mustaqil Vatan farzandlarimiz

"Sirdaryo IES" AJ kasaba uyushma qo‘mitasi 1-iyun “Halqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Energetik jismoniy tarbiya va sport klubi oyingohida korxona xodimlarining farzandlari ortasida sport musobaqasi tashkil etildi.
Ushbu sport musobaqasini kasaba uyushmasi qomitasi raisi S. Yaribekov ochib berib, bolajonlarni bayramlari bilan tabriklab, ularga ushbu sport musobaqasida muvaffaqiyatlar tiladi.
7 yoshdan 10 yoshgacha bolgan bolalar ortasida tashkil etilgan sport musobaqasida 8 nafar korxona xodimlarining farzandlaridan iborat jamoalar besh hil qiziqarli sport oyinlari boyicha kuch sinashdi.
Sportsevar ogil-qizlar goliblik uchun sidqidildan kurashib, musobaqa shartlarini mukammal bajarishga harakat qildilar. Bir necha soat davomida qizgin kurashlar ostida kechgan sport musobaqasi nihoyasiga yetib, goliblar aniqlandi.
Kotarinki ruhda, qiziqarli tusda kechgan musobaqa yakuniga kora Qoriqlash bolimi xodimlarining farzandlari musobaqaning golibi sifatida birinchi oringa sazovor boldi. Faxrli ikkinchi orin Yoqilgi transport tsexi xodimlarining farzandlari, uchinchi orin esa 2-qozon turbina tsexi xodimlarining farzandlaridan iborat jamoalarga nasib etdi.
Ajoyib sport tadbiri tashkilotchisi - korxona kasaba uyushmasi qomitasi tomonidan golib jamoalarni, shuningdek musobaqada ishtirok yetgan qolgan jamoalar a’zolariga tantanali ravishda esdalik sovgalari topshirildi.
Energetiklarning sportsevar farzandlari ortasida otkazilgan sport musobaqasida ishtirok etgan ogil-qizlar va ota-onalar uchun sertaassurot va maroqli boldi.


Ro`yxatga qaytish