: A A A
O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i


"O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrogi togrisida"gi Qonun 1991 yil 18 noyabrda Ozbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari otkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.


Davlat bayrogi va uning ramzi bugungi Ozbekiston sarhadida qadimda mavjud bolgan davlatlar bilan tarixan bogliqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini ozida mujassamlashtiradi.
Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrogining rangi ham moviy rangda edi.
Bayroqdagi oq rang muqaddas tinchlik ramzi bolib, u kun charogonligi va koinot yoritqichlari bilan uygunlashib ketadi. Oq rang poklik, beguborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki gozallikka intilishning timsoli.
Yashil rang tabiatning yangilanish ramzi. U kopgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
Qizil chiziqlar vujudimizda joshib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy ananalarimiz bilan bogliq. Ayni paytda u qolga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.
Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. Ozbekiston Respublikasi Davlat bayrogidagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy ananalarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning on ikki yulduzga bolgan etiborimiz Ozbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.
Davlat bayrogimizdagi 12 yulduz tasvirini ozbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, oz tuprogida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.