Energobloklar modernizatsiyasi
«Sirdaryo IESda energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish» loyihasi bo‘yicha ma’lumotnoma
25.04.2020y holatiga ko‘ra
Hozirda Sirdaryo IESda “Sirdaryo IESda energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish” loyihasining 2chi bosqichi, ya’ni 6chi energoblokning modernizatsiya ishlari davom etmoqda. Ushbu bosqichda 5 va 6 energobloklarni modernizatsiyasini amalga oshirirish ko‘zda tutilgan. Butun dunyoda va O‘zbekistonda ham davom etayotgan koronavirus pandamiyasi tufayli avvalambor 6chi energoblokni modernizatsiya qilish maqsadga muvofiq deb topildi.
Ma’lumot uchun ushbu loyiha 10.10.2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida 82 sonli bayoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2017 yildagi ¹R-5158 sonli «Sirdaryo IESda energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish chora tadbirlari to‘g‘risida» farmoyishiga asosan bosh pudratchi tashkilot, Rossiya Federatsiyasining PAO “Silovie mashini” bilan 6ta energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Loyihaning 2 bosqichi uchun ko‘zda tutilgan umumiy qiymati 41.15 mln yevro bo‘lgan uskunalarning 34,15 mln. yevro qismi, ya’ni bulardan 5 va 6 energoloklar uchun
K-300turbinasi hamda TVV-320-2U generatorining tashkil etuvchi qismlari, OR-12PM rusumli Ta’minot Turbo Nasosining turbina qismlari, 6 kVli Komplekt Taqsimlash Qurilmalari uchun uskunalar va texnik kompleks dasturlari asosida avtomatik boshqarish tizimini rekontsruktsiya qilish uchun uskunalar komplekti va butlovchi qismlari Sirdaryo IESga yetkazib berilgan. Uskunalarning qolgan qismini bosh pudratchi tashkilot, PAO “Silovie mashini” rejaga asosan shu yilning iyun oxirigacha yetkazib berishi kutilmoqda.
Yurtimizda xukumatimiz tomonidan e’lon qilingan koronavirus kasalligiga qarshi karantin choralariga qat’iy amal qilgan holda, loyihaning bosh pudratchisi 9 kishidan iborat ish boshqaruvchi mutaxassislari va 180 kishidan iborat maxaliy putratchi tashkilotlar ishchi xodimlari demontaj va montaj ishlarini tasdiqlangan ish rejasiga asosan olib borishmoqda.
5chi energoblok modernizatsiyasini tezkor va sifatli amalga oshirish uchun bosh putratchi tashkilot bilan tashkiliy ishlar yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
Loyihaning 3 bosqichi, ya’ni 9 va 10 energobloklarning modernizatsiyasi bo‘yicha asosiy uskunalar Rossiyaning ishlab chiqaruvchi zavodlari tomonidan ishlab chiqarilib Sirdaryo IESga yetkazib berish bo‘yicha tashkiliy ishlari ham boshlab yuborilgan.
Barcha loyihalar natijasida samaradorlik ko‘zda tutilagani kabi, ushbu loyihaning har bir energobloki modernizatsiyalangan keyin mavjud quvvati 250 MVt dan 325 MVtga oshirilishi, har bir kVt*soat elektrenergiya ishlab chiqarish uchun shartli yoqilg‘i sarfi 370 gramdan 330 grammgacha (35-40 gramm) kamaytirilishi va jismonan hamda ma’nan eskirgan energoblok uskunalarining park resurslarini qo‘shimcha 20 yilga oshirilishiga erishiladi. Albatta bunday natijalarga erishi ortida katta mashaqqat, malaka, professionalizm, sabr va kuchli hamkorlik yotadi. Buning uchun ushbu loyihani hozirda davom etayotgan karantin davrida modernizatsiya ishlarini to‘la to‘kis va o‘z vaqtida amalga oshirishda yaqindan xamkorlik qilayotgan barcha pudratchi tashkilotlarining va Sirdaryo IES mas’ul hodimlarining mashaqqatli mehnatini yuqori baholash mumkin.