: A A A
O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi togrisida"gi Qonun 1992 - yil 2 - iyulda Ozbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.


Ozbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda sol tomonida bugdoy boshoqlari, ong tomonida ochilgan paxta chanoqlari surati tushirilgan chambardan iborat.

Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug ramzidir.

Gerbning markazida himmat, oliyjanoblik va fidoiyilik timsoli bolgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yolidagi orzu - umidlarini ifodalaydi.

Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrogini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga "Ozbekiston" deb yozib qoyilgan.