Aksiyadorlar yig'ilishi
2020-yil 14-oktyabr kuni “Sirdaryo IES” aksiyadorlik jamiyatining 2019-yil moliya-xoʻjalik yakunlari boʻyicha Yagona aksiyador tomonidan qabul qilingan qarorlar.

Jamiyatning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), aloqa raqamlari elektron pochta manzili: Sirdaryo IES AJ, Sirdaryo viloyati, Shirin shaxar, Energetiklar koʻchasi 7 uy, faks-(0-367) 764-51-30, info@sdtes.uz
Yagona aksiyador qarori qabul qilingan sana va joy:
2020-yil 14-oktyabr, , Sirdaryo viloyati, Shirin shaxar, Energetiklar koʻchasi 7 uy
Koʻrilgan masalalar:
1. Jamiyat Ijroiya organi rahbarining «Jamiyatning 2019-yilga moʻljallangan rivojlanish biznes-rejasining yillik asosiy koʻrsatgichlarini bajarish yoʻli toʻgʻrisida»gi hisoboti.
2. Sirdaryo IES AJning 2019-yil uchun korporativ boshqaruv tizimi boʻyicha oʻtkazilgan baholash natijalari boʻyicha auditorlik tashkilotining hulosasini koʻrib chiqish.
3. Sirdaryo IES AJning 2019-yil moliyaviy hisobotlar boʻyicha taftish komissiyasi va auditorlik tashkilotining xulosalarini koʻrib chiqish.
4. Jamiyatning 2019-yil boʻyicha bugʻgalteriya balansi, foyda va zarari hisobini tasdiqlash.
5. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2019-yil yakuni boʻyicha qilingan ishlar boʻyicha hisobotini tinglash .
6. Jamiyat Kuzatuv kengash aʼzolarini saylash.
7. Jamiyat Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.
8. Jamiyat Ijroiya organi aʼzolari bilan tuzilishi mumkin boʻlgan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish (qayta tuzish) yoki tugatish (bekor qilish) masalasini koʻrib chiqish.
9. Jamiyatning 2020-yil uchun auditorlik tashkiloti va auditorlik tashkilotga toʻlanadigan eng soʻngi xizmat haqqi miqdorini tasdiqlash.
10. Aksiyadorlar tomonidan olinmagan dividendlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni hisobdan chiqarishni koʻrib chiqish.
Yagona aksiyadorning qarorini qabul qilishda IES AJ vakili jamiyatning 105 611 045 dona ovoz beruvchi aktsiyalari (100%) bilan qatnashdi.
Qabul qilingan qarorlar:
1. Jamiyat Ijro organi rahbarining Jamiyatni rivojlantirish boʻyicha 2019-yilga moʻljallangan biznes-reja ning asosiy parametrlarini bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
- 2019-yil yakuni boʻyicha ijro organning ishini qoniqarli deb hisoblansin;
-Moliya va sotib olish boʻyicha direktor S. N. Xolboyevning hisobotini qabul qilinsin va qoniqarsiz deb hisoblansin;
- Moliya va taʼminot boʻyicha direktor Xolboyev S.N. kredit majburiyatlari boʻyicha muddati oʻtgan kreditorlik qarzlarini 2020-yil oktyabr oyining oxiriga qadar soʻndirilsin;
- Sirdaryo IES AJ rahbariyatiga:
- bir hafta muddatda IES AJ bilan kelishilgan holda Sirdaryo IES AJ moliyaviy-iqtisodiy holatini tiklash va yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqsin;
- IES AJ vakolatli boʻlinmalari bilan kelishilgan holda suhbat oʻtkazish yoʻli bilan kadrlar zaxirasini muvofiqlashtirishni taʼminlash.
2. Sirdaryo IES AJning 2019-yil boʻyicha auditorlik tashkilotining korporativ boshqaruv tekshiruvi boʻyicha hulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Sirdaryo IES AJning 2019-yil moliyaviy hisobotlar boʻyicha taftish komissiyasi va auditorlik tashkilotining hulosalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Sirdaryo IES AJning 2019-yil moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalari boʻyicha bugʻgaterlik balansi, foydasi va zarari hisobotlari izoh bilan tasdiqlansin.
5. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2019-yilda qilingan ishlari toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
6. Sirdaryo IES AJ Kuzatuv kengash aʼzolariga Pulatov Sh.A., Tashpulatov K.X., Zaxidov O.M., Buronboyev B., Nasirov M.M., Karimova N.T., Yusupov N.S., Mirzayev Sh.M. va Mirzayev A.F. nomzodlari 1 yil muddatga tasdiqlansin.
7. Sirdaryo IES AJ taftish komissiyasi aʼzolariga Xajiyev D., Yakubova A. va Ergashxujayev A. nomzodlari 1 yil muddatga tasdiqlansin.
8. Sirdaryo IES AJ Bosh direktori v.b. - Sh. Mamatqulovning mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilinsin.
- Sirdaryo IES AJ Bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib Z. Xolikov tayinlansin;
- Ijro organining qolgan olti aʼzosi bilan ishga olish boʻyicha mehnat shartnomasi muddati 1 yilga uzaytirish.
9. Jamiyatning 2019-yil uchun BHMS va MHXS boʻyicha jamiyat moliya-xoʻjalik faoliyatini auditorlik tekshiruvdan oʻtkazish uchun Magnit-finans MCHJ auditorlik tashkiloti tanlansin va uning xizmat haqi jami 25 000 000 soʻm deb belgilansin (BHMS boʻyicha 15 000 000 soʻm, MHXS boʻyicha 10 000 000 soʻm).
10. Sirdaryo IES AJ yuridik boʻlimi va buxgalteriya boʻlimi:
- har bir aksiyadorga dividendlarning mavjudligi toʻgʻrisida buyurmali xatlar yuborilsin;
- Hulk Bankda depozit hisobvaragʻi ochilsin va dividendlarni toʻlash uchun mablagʻ yonaltirilsin;
- Ushbu masala 2021-yil yakuni boʻyicha Yagona aksiyador kun tartibiga kiritilsin.