Korxona faoliyati
Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi qurilishi 1966 yilning kuzida " " boshqarmasi tomonidan boshlangan. 1 - energoblok 1972 yilning 26 dekabrda ishga tushirildi. Keyinchalik 1973 yilda 2 energoblok, 1974 yilda 3-energoblok 1976 yilda 4 va 5 energobloklar, 1977 yilda 7-energobloki, 1978- yilda 8 - energoblok, 1979 - yilda 9-energoblok, 1981 yilda oxirgi 10-energoblok energoblokning ishga tushirilishi bilan elektr stansiyaning qurilishi yakunlandi va uning elektrostansiyaning o‘rnatilgan quvvati 3,0 mln. kVt.ga yetdi. Bugungi kunda ornatilgan quvvat 3150MVt.ni tashkil etadi. Elektr stansiyasida har biri 300 MVt quvvatga ega onta energoblok ornatilgan bolib, ular togri oqimli ikki korpusli gaz-mazut qozonlari bilan jihozlangan. K-320-240, K-325-240 –M1 LMZ tipidagi turbinalari, Taganrog zavodida ishlab chiqarilgan TGMP-114S tipidagi qozonlari,“Elektrosila" zavodida ishlab chiqargan TVV-320-2 tipidagi generatorlari bilan jihozlangan.
Sirdaryo IES” AJ ishga tushgan kundan boshlab hozirgi kunga qadar 633,859mlrd. kVt/soatdan ortiq elektr energiyasini ishlab chiqargan.
Elektr stansiyaning rivojlanishi va modernizatsiya qilishning asosiy bosqichlari:
2001-2002 yillarda 7 va 8-sonli energobloklarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari Siemens firmasi tomonidan amalga oshirilgan.
1-energoblokni toliq keng qamrovli modernizatsiya qilish ishlari 23.07.2014 yildan 23.03.2015 yilgacha amalga oshirilgan, natijada 1- energoblok ornatilgan quvvati 25 MVt.ga oshirilgan va 1- energoblok ornatilgan quvvati 325 MVt.ga ega boldi.
2-energobloklarini toliq keng qamrovli modernizatsiya qilish ishlari 26.05.2014 yildan 05.12.2014 yilgacha amalga oshirilgan, natijada 2-energoblok quvvati ham 325 MVt.ga ega boldi.
2016 yilning noyabrida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.M.Mirziyoev, Sirdaryo IES ga tashrifi chogida 1,2 energobloklar modernizatsiya natijalari bilan tanishib, bajarilgan ishlarni yuqori baholadi va qolgan 6 ta energobloklarda ham keng qamrovli modernizatsiya ishlarini amalga oshirish boyicha topshiriqlar berdi.
1,2-energobloklar keng qamrovli modernizatsiyasining ijobiy natijalaridan kelib chiqib, 3 va 4, 5 va 6, 9 va 10 energobloklarni bosqichma bosqich modernizatsiya qilish rejalashtirilib, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish chora tadbirlari togrisida F-5158 sonli Farmoyishi, hamda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi energobloklarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarini tasdiqlash togrisidagi 804-sonli qaroriga muvofiq 2018-2021 yillarda Sirdaryo IESi 6-ta energobloklarini bosqichma bosqich modernizatsiya qilish belgilandi.
Energobloklarda keng qamrovli modernizatsiya ishlarini amalga oshirishning asosiy maqsadi:
- energobloklarning ma’nan va jismonan eskirgan asosiy va yordamchi uskunalarini yangi zamonaviy uskunalar bilan almashtirish;
- texnik-iqtisodiy korsatkichlarni yaxshilash va uskunalarning xavfsizligini taminlash;
- har bir energoblokda ornatilgan quvvatni 300 MVt dan 325 MVtgacha oshirish;
- shartli yoqilgi sarfini 35-40 gr.ga qisqartirish;
- tamirlash va texnik xizmat korsatish xarajatlarini qisqartirish;
- ishlab chiqarish resursini 20 yil va undan ortiq muddatga uzaytirish;
- ish sharoitlarini yaxshilash;
-texnik dasturiy kompleksiga asoslangan zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish;
Modernizatsiya ishlari 3 bosqichda amalga oshiriladi, jumladan:
I BOSQICH 3- va 4- energobloklar 2019yil;
II BOSQICH - 5- va 6- energobloklar 2020yil;
III BOSQICH - 9- va 10- energobloklar 2021yil.
2019 yil mart-sentyabr oylarida I bosqich, yani 3- va 4- energobloklarda keng qamrovli modernizatsiya ishlari olib borildi.
3-energoblokni toliq modernizatsiya qilish ishlari 2019 yil 28 martdan 2019 yil 12 sentyabrgacha amalga oshirildi,natijada 3-energoblok 325 MVt yuklamaga ega boldi.
4-energobloklarini toliq modernizatsiya qilish ishlari 2019 yil 24 apreldan 2019 yil 11 noyabrgacha amalga oshirildi, natijada 4-energoblok 325 MVt yuklamaga ega boldi.
II- bosqich modernizatsiya ishlari 2020 yil mart oyidan boshlandi.
6- energoblok 2020 yil 5 mart sanasida keng qamrovli modernizatsiya qilish ishlari uchun toxtatildi, modernizatsiya ishlari toliq yakunlanib, 2020 yil 06- oktyabr kuni energoblok ishga tushirilib tarmoqqa ulandi va natijada 325 MVt yuklamaga ega boldi.
3,4,5 va 6-energobloklar modernizatsiya ishlarida bosh pudratchi tashkiloti tomonidan amalga oshirildi.
5-sonli energoblok modernizatsiya ishlari 2020 yil 18 iyundan 25 noyabrgacha amalga oshirildi, modernizatsiya ishlari toliq yakunlanib, 2020 yil 29- noyabr kuni energoblok ishga tushirilib tarmoqqa ulandi va natijada 325 MVt yuklamaga ega boldi.
Korxona tomonidan 2020 yil davomida rejadagi 14 001,93 mln.kVt.soat orniga 14 965,8 mln.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, prognoz reja 106,9%, yillik dispetcherlik topshirigi esa (14 523,9 mln.kVt.s). 103,0 % ga bajarildi;
Sarflangan tabiiy gaz miqdori 4 210 787,7 ming. m3.
- oz ehtiyojlari uchun sarflangan elektr energiya miqdori rejadagi 3,84 % orniga 3,74 % tashkil etdi.
- shartli yoqilgining solishtirma sarfi rejasi 362,02 g.kVt.soat belgilangan bolib, amalda 356,99 g.kVt.soatni tashkil etdi.

2021 yil III BOSQICH - 9- va 10- energobloklarni keng qamrovli modernizatsiya qilish boyicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.