Jamiyat to'g'risida
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalar elektr energiyasini ishlab chiqarishda xavfsizlikni taminlashi va magistral elektr tarmoqlariga sifat ko'rsatkichlari davlat standartlariga mos bo'lgan elektr energiyasini yetkazib berishi shart.
Markaziy Osiyodagi eng yirik elektr stansiyasi – o'rnatilgan quvvati 3065 mvt, foydalanadigan yoqilg'isi – tabiiy gaz, zahiraviy yoqilg'isi – mazut hisoblanadi.
Stansiyaning qurilishi 1966- yilda boshlanib, 1981 - yilda yakunlangan.
Aksiya paketlarining taqsimlanishi:
1. "O'zbekenergo" AJ ulushi - 99.00%
2. Mehnat kollektivi ulushi - 1.00%
Sirdaryo IES 2001 - yilda aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan, ustav kapitali 13 700 650,0 ming so'm, 1 ta aksiyaning nominal qiymati – 10 000 so'mni tashkil etgan bo'lsa, 01.01.2016 - yil holatiga esa ustav kapitali 91 566 272 000,0 so`mni, 1 ta aksiyaning nominal qiymati - 1 000 so'mni tashkil etdi.
Asosiy uskunalar va inshootlar
Bosh korpusda har birining quvvati 325 MVt (1,2 - energobloklar), 300 MVt (3-10 energobloklar) bo'lgan 10 ta energoblok joylashgan.
Rekonstruksiya ishlari
2001 - yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 27,8 mln AQSH dollari miqdorida kredit ajratilib, 2 ta energoblokda rekonstruksiya rekonstruksiya ishlari ishlari 2003 - yilda "Siemens" firmasi tomonidan amalga oshirildi.
"Detander - generatorlarni o'rnatish" loyixasi bo'yicha
"Sirdaryo va Tolimarjon issiqlik elektr stansiyalarida detander - generator qurilmasi qurilishi" loyixasi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 - yil 15 - dekabrdagi 1442 sonli "2011 - 2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida" va 2011 - yil 30 - iyundagi 1562 - sonli "Sirdaryo va Tolimarjon issiqlik elektr stansiyalarida detander-generator qurilmalarini o'rnatish investitsion loyixasini amalga oshirish chora tadbirlari tog'risida" gi qaroriga asosan amalga oshirildi.
Loyiha elektr energetika tizimida ilk marotaba amalga oshirilib, umumiy quvvati 15 MVt bo‘lgan 3 ta (har birining quvvati 5 MVt.dan) detander-generator qurilmalari Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyasida o‘rnatildi.
2013 yilning 25 sentyabrida birinchi, 2014 yil 25 iyunida ikkinchi va 20-iyulida uchinchi detander-generator qurilmalari ishga tushirildi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida gaz yoqmasdan, yiliga ekologik toza elektr energiyasini ishlab chiqarmoqda va shu ishlab chiqarilgan elektr energiyasiga ekvivalent bo‘lgan miqdorda tabiiy gaz iqtisod qilinmoqda. Hozirgi kunda 1.2.3.-TDA(turbo-detandir agregatlar)i tabiiy gaz tarkibidagi nuqsonlar uchun zaxiraga o‘chirilgan.
Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyasidagi ikkita energoblokni keng qamrovli modernizatsiya qilish investitsion loyihasi bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi 1442 sonli «2011 - 2015 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida» va 2013 yil 28 noyabrdagi 2077 sonli «Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyasidagi ikkita energoblokni to‘liq modernizatsiya qilish investitsion loyihasini amalga oshirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, ikkita energoblokda keng qamrovli modernizatsiya qilish investitsion loyihasi amalga oshirildi.
Loyiha «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyatining o‘z mablag‘i hamda Agrobankning kredit mablag‘i hisobidan moliyalashtirildi. Xalqaro tender savdolari asosida, modernizatsiya ishlarini amalga oshirish uchun Rossiyaning «Silovie mashini» kompaniyasi (bosh pudratchi) bilan shartnoma tuzildi.
Modernizatsiya ishlari to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng quyidagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishiladi:
Stantsiya mutaxasislari tamonidan “2 ta energoblokni keng qamrovli modernizatsiya qilish” kontseptsiyasi ishlab chiqilib, bunda modernizatsiyadan so‘ng quyidagi asosiy ko‘rsatgichlarga erishish talablari qo‘yildi:
-Energobloklar o‘rnatilgan quvvatini 325 MVtga yetkazish;
-Shartli yoqilg‘i sarfi miqdorini 35-40 gr/kVt.soatga kamaytirish;
-Energobloklar xizmat davrini kamida yana 20 yilga oshirish;
-Iqtisodiy natijalarga erishish;
-Uskunalarni zamonaviy talablar asosida ishonchli ishlashini taminlash.
Energobloklar modernizatsiyasi asosiy chora - tadbirlari quyidagilar:
1. Bug‘ turbinasi oquvchi qismi (protochnaya chast) modernizatsiyasi.
2. Generotor modernizatsiyasi.
3. Katloagregat modernizatsiyasi.
4. TJ ABT (ASU TP) modernizatsiyasi.
5. Yordamchi uskunalar modernizatsiyasi (nasos parki, KTQ, OTQ, kabel maxsulotlari)
2014 - yil 27 - mayda 2 ta energoblok ta’mirga chiqarilib modernizatsiya amalga oshirildi va 2014 - yil 24 - dekabr soat 04-06 minutda tarmoqqa ulandi.
2014 yil 23 iyulda 1 energoblok ta’mirga chiqarilib modernizatsiya amalga oshirildi va 2015 yil 6 aprelida soat 12-51 minutda tarmoqqa ulandi.
1,2 energobloklarda o‘tkazilgan modernizatsiya ishlaridan so‘ng, stantsiyaning o‘rnatilgan quvvati 3065 mVtga yetdi. Texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi, uskunalarning bir maromda ishlashi, zamonaviy boshqaruv tizimi, modernizatsiya xarajatlarini qisqa muddatlarda qoplash imkonini beradi.
2 ta energoblokda amalga oshirilgan modernizatsiya ishlarining ijobiy natijalari e’tiborga olinib, O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati yana 6ta energobloklarda xuddi shunday modernizatsiya ishlarini amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Modernizatsiyaning asosiy vazifasi Sirdaryo IES energobloklarini iktisodiy barqaror va havfsiz ishlashini ta’minlash.
Ishlarni davom ettirish maqsadida “Sirdaryo IES “ AJ, “O‘zbekenergo” AJ va Rossiyaning “Silovie mashini” JAJ(PAO) o‘rtasida 2017 - yil 30 - dekabrida ¹05050856/160874-736, qiymati 177.11mln AQSh dolloriga teng “pod klyuch” sharti bilan “Sidaryo IES 6ta energobloklarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish shartnomasi imzolandi. 2018 - yil 6 - oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ¹ 804 sonli qarori bilan loyixaning TIA(TEO) tasdiqlandi.
Loyiha ishlari 3ta bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqichda (2018-2019 yillar) 3,4 energobloklar;
2-bosqichda (2019-2020 yillar) 5,6 energobloklar;
3-bosqichda (2020-2021 yillar) 9,10 energobloklar.
6ta energobloklarni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilinishi quyidagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish imkonini beradi:
- Stantsiya o‘rnatilgan quvvatini 150 mVtga oshirish (6×25mVt);
- Stantsiya joriy quvvatini 450 mVtga oshirish (6×75mVt);
- 1 kVt elektr energiyasi ishlab-chiqarish uchun sarflanayotgan shartli yoqilg‘i miqdorini 30-40 gramga kamaytirish;
- Shartli yoqilg‘i miqdorini kamaytirish hisobiga yiliga 210 mln.m3 tabiiy gazni iqtisod qilish;
- Stantsiya bo‘yicha yiliga qo‘shimcha 2,6 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish;
- Uskunalar umrini kamida 20 yilga uzaytirish;
- Ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni modernizatsiya qilish.
Hozirgi paytda uskunalarni keltirish ishlari davom etmoqda. Uskunalarni to‘liq keltirish muddati 1 - mart 2019 - yil.