Bosh direktorning korxona “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti kengashi a’zolari bilan uchrashuvi
Bosh direktorning korxona “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti kengashi a’zolari bilan uchrashuvi
Joriy yilning 8 noyabr kuni “Sirdaryo IES” AJning katta majlislar zalida korxona raxbari, sex va bo‘lim boshliqlari, kasaba uyushmasi raisi hamda “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti kengashi a’zolari, yetakchisi va yo‘nalish kordinatorlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ochib berish maqsadida korxona “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti kengashi yetakchisi Yaribekov Alisher Saidbayevich so‘zga chiqib, korxonada yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdi. So‘ngra so‘z “Sirdaryo IES” AJ Bosh direktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senatori, O‘zbekiston Qaxramoni Shaimov Mirzaxmat Ismatovichga berildi.
Senator M. Shaimov korxona yoshlariga mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarni ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoiy etib tarbiyalash, ularning xuquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 30 iyun kuni “Kamolot” YoIH ning IV quriltoyidagi nutqi va 2017 yil 5 iyuldagi yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi” faoliyatini qo‘llab quvvatlash to‘g‘risidagi farmoniga asosan, O‘zbekiston “Kamolot” YoIH negizida O‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi” tashkil etilib, O‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi” tashkil topgan kun 30 iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanishini, hamda yoshlarning xuquq va manfaatlarini himoya qilish borasida yaratilgan keng imkoniyatlar, imtiyozlar va shu bilan birga ularga yuklatilgan ma’suliyat va vazifalar xaqida gapirib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti kengashi a’zolari, yo‘nalishlar kordinatorlari o‘zlarini takliflari bilan o‘rtoqlashishdi va o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishdi.
