Yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkiloti yetakchisi saylandi
10.10.2017
Yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkiloti yetakchisi saylandi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosatini samarodorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqini faoliyatini qo’llab – quvvatlash to’g’risida” gi PF-5106-sonli farmoni va 2017 yil 18 iyuldagi “O’zbekiston yoshlar ittifoqini faoliyatini takomillashtirishga doir komleks chora – tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3138-sonli qarori, xamda “O’zbekenergo” AJ ning 2017 yil 30 avgustdagi 517 – sonli buyrug’ini ijrosini ta’minlash maqsadida, 2017 yil 7 sentabrda “Sirdaryo IES” AJ Yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti kengashi a`zolari, yetakchisi va yo’nalishlar kordinatorlarini saylash bo’yicha umumiy yig’ilish bo’lib o’tdi.
Unga ko’ra, “Sirdaryo IES” AJ yoshlar ittifoqining Boshlang’ich tashkiloti Nizomi tasdiqlandi, xamda umumiy yig’ilish bayonnomasiga asosan quyidagi tartibga Boshlang’ich tashkilot a`zolari xam saylandi.
Boshlang’ich yetakchisi etib, stansiya smena boshlig’i Yaribekov Alisher Saidbayevich saylandi.
Madaniy – ma’rifiy va xuquqiy targ’ibot yo’nalishi kordinatori vazifasiga 1 – qozon turbina tsexi mashinisti kuzatuvchisi Mukumov Xayitboy Musurqonqulovich, xamda “Ustoz – shogird” an`anasini muvofiqlashtirish va yosh xodimlarni kasbiy malakasini oshirish kordinatori vazifasiga Elektr tsexining ta`mir bo’yicha elektr montyori Rozikov Sanjar Baxtiyorovich, Ommaviy tadbirlar va sport salomatlik masalalari yo’nalishi kordinatori vazifasiga Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo’yicha menedjer Aliqulov Sirojiddin Zarif o’g’li, ijtimoiy – iqtisodiy yo’nalish kordinatori vazifasiga 2 – Qozon turbina tsexi mashinisti kuzatuvchisi Narzullayev Adxamjon Abdusalom O’g’li nomzodlari tasdiqlandi.
Yangi tashkil etilgan Yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkilotining faoliyati yo’lga qo’yish va takomillashtirish maqsadida yetakchilar bilan korxona raxbariyati o’rtasida doimiy hamkorlik yo’lga qo’yildi, ularga amaliy yordam ko’rsatib kelinmoqda.
700 nafardan ziyodroq yoshlar ishlab kelayotgan ushbu korxonada ularning muammolariga yechim topilib, bir ittifoqqa birlashtirgan holda, yurtimizni ravnaqi, taraqqiyoti yo’lida jonkuyar insonlar va yetuk kadrlarni tayyorlab berish asosiy maqsad qilib belgilab olindi.
