: A A A
Ozbekenergo aksiyadorlik jamiyatida Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi raisi va yonalishlar koordinatorlari saylandi
14.08.2017

Ozbekenergo aksiyadorlik jamiyatida Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi raisi va yonalishlar koordinatorlari saylandi

14 avgust kuni Ozbekenergo AJda jamiyatning Yoshlar ittifoqi Kengashi azolari, bosh koordinator va yonalishlar koordinatorlarini saylash boyicha umumiy yigilish otkazildi. Unda Ozbekenergo AJ tizimidagi korxonalarda mehnat qilayotgan Yoshlar ittifoqi kengashlari faollari, Ozbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Yoshlar mamlakat, millat tayanchi. Mana shu goya asosida yoshlarimizda Vatanga muhabbat va sadoqat tuygularini singdirish, millat, yurt shani uchun sidqidildan kurasha oladigan insonlar sifatida kamol toptirish muhim masalalardan biridir. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Ozbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qollab-quvvatlash togrisida"gi farmonida ham yoshlarning hayotda oz orinlarini topishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ayniqsa, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi yoshlarning istedod, iqtidorlarini royobga chiqarishga komaklashish, tadbirkorlik bilan shugullanishi uchun keng yol ochish, ularni yot va garazli niyatlar tasiridan saqlash masalalariga etibor qaratish zarurati alohida qayd etib otilgan. Shu bilan bir qatorda, Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish takidlangan.

Otkazilgan yigilishda ham ana shu dolzarb mavzular muhokama qilindi. Yigilishida kun tartibiga qoyilgan asosiy masalalar Ozbekenergo AJ Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkilotining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Yetakchilar kengashi togrisidagi Nizomni tasdiqlash hamda yetakchilar raisi va yonalishlar boyicha koordinatorlarni saylash boldi. Ozenergosozlash UK yetakchi muhandisi Davron Rustamov Yetakchilar kengashi raisi etib saylandi. Tashkiliy va axborot-tahlil boyicha koordinator vazifasiga Ozenergoaxborot ITAM maxsus muxbiri Faxriddin Nuraliyev saylangan bolsa, Qoyi tizimlardagi boshlangich tashkilotlariga uslubiy komaklashishi boyicha koordinator vazifasiga bir ovozdan Ozelektrtarmoq UK muhandisi Sarvar Usmonaliyev saylandi.

Tadbir davomida tashkilot faoliyatini tizimli yolga qoyish, yoshlarni qiynayotgan muammolarga tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish boyicha taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlashda korxona rahbarlarinig faolligini oshirish, muassasalarda boshlangich tashkilotlari faoliyatini kuchaytirish va mehnatini moddiy va manaviy ragbatlantirib borish, turli xil korik-tanlovlar otkazish hamda ishchi - xizmatchilarni sportga jalb etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Ro`yxatga qaytish