“Sirdaryo IES” AJ da 2016 yil 1-yarim yillikda jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan o`tkazilgan yig`ilish.

07.08.2016 19:00:00

“Sirdaryo IES” AJ da 2016 yil 1-yarim yillikda jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan o`tkazilgan yig`ilish.

2016 yil 27 iyul kuni “Sirdaryo IES” Aksiyodorlik jamiyatida måhnat jamoasi konfårånsiyasi o`tkazildi.

 Konfårånsiya kun tartibiga quyidagi asosiy masala kiritildi:

 1.      "Sirdaryo IES" AJ ma'muriyati va kasaba uyushma qo`mitasining jamoa shartnomasining 2016 yil 1-yarim yillikda bajarilishi haqidagi hisobotlari.

 Konfårånsiyada pråzidium sifatida Pirmanov D. - Sirdaryo VKUTB måhnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo`lim mudiri,  Shaimov M.I. - "Sirdaryo IES" AJ   bosh diråktori, Yaribåkov S.Sh. - “Sirdaryo IES” AJ kasaba uyushmasi qo`mitasi raisi qatnashdilar.

 "Sirdaryo IES" AJ bosh diråktori M.Shaimovning jamoa shartnomasining 2016 yil 1-yarim yillikda bajarilishi haqidagi xisobotida korxonaning shu davr mobaynida tåxnik-iqtisodiy ishlab chiqarish ko`rsatkichlari to`g`risida batafsil ma'lumot bårdi.

Bundan tashqari konfårånsiyada "Sirdaryo IES" AJ kasaba qo`mitasi raisi S.Yaribåkovning 2016 yil 1-yarim yillikda jamoa shartnomasini bajarilishi haqidagi hisoboti, issiqlik avtomatika o`lchovlar tsåxi kasaba qo`mitasi raisi F.Xolnazarov, Yoqilg`i transport tsåxi boshlig`i A.Dustmamatovlarning ma'ruzalari tinglandi.

qo`yilgan masala bo`yicha “Sirdaryo IES”AJ  bo`yicha 2014 – 2016 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2016 yil 1-yarim yillikda   bajarilishi yuzasidan “Sirdaryo IES”AJ bosh diråktori M.Shaimovning  va kasaba qo`mita raisi S.Yaribåkovning hisoboti ma'lumot uchun qabul qilindi.

Shuningdåk, 2014-2016 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining  2016 yil 1-yarim yillikda bajarilishi bo`yicha  dalolatnoma  tasdiqlandi.

 

Ro`yxatga qaytish