Birgalikda biz bir kuchmiz! shiori ostidagi yoshlar forumida korxonamiz yoshlari faol ishtirok etishdi.

02.07.2021 09:17:00

Birgalikda biz bir kuchmiz! shiori ostidagi yoshlar forumida korxonamiz yoshlari faol ishtirok etishdi.

Joriy yilning 27 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar, “Issiqlik elektr stantsiyalari” aktsiyadorlik jamiyati va Navoiy kon-metalurgiya kombinati hamkorligida tashkil etilgan Birgalikda biz bir kuchmiz! xalqaro yoshlar forumiga start berildi.
Forumda Issiqlik elektr stantsiyalari AJ, Navoiy kon-metalurgiya kombinati hamda Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi va Yaponiya davlatlarining elektr energetika tarmogi korxonalaridan kelgan 300 nafardan ziyod yosh energetik-mutaxassislar ishtirok etishdi.
Mazkur forum elektr energetika va tog-kon sanoati korxonalarida faoliyat yuritayotgan yoshlarning goya va tashabbuslarini qollab-quvvatlash, ijtimoiy faol, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning professional va ijodiy faoliyatlarini takomillashtirish, energetika tizimi kompaniyalari va tashkilotlari, xorijiy kompaniyalar va kasaba uyushmalarining faol yoshlari ortasida hamkorlikni tashkil etishga komaklashish, yoshlarning dolzarb muammolarini hal qilishda umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirish hamda, Ozbekiston, Qozogiston, Rossiya Federatsiyasi va Yaponiya yoshlari uchun muloqot maydonini yaratish, 2021 yil Yoshlarni qollab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili Davlat dasturi ijrosini taminlash va 30 iyun Yoshlari kunini munosib kutib olish kabi maqsadlarda tashkil etildi.
Ushbu yoshlar forumida korxonamiz yoshlari faol ishtirok etishdi hamda Issiqlik elektr stantsiyalari AJning daraja diplomlari, estalik sovgalari bilan taqdirlandi.




Ro`yxatga qaytish