Barkamol yosh mutaxassis-qudratli yurt tayanchi shiori ostida Yoshlik energiyasi forumida korxonamiz yoshlari faol ishtirok etishdi.

25.05.2021 16:19:00

Barkamol yosh mutaxassis-qudratli yurt tayanchi shiori ostida Yoshlik energiyasi forumida korxonamiz yoshlari faol ishtirok etishdi.

Joriy yilning 19 maydan 23 mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Ozbekiston energetika, neft va gaz sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorligida “Barkamol yosh mutaxassis-qudratli yurt tayanchi” shiori ostida Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani Lochin oromgoxida Yoshlik energiyasi birinchi Forumiga start berildi.
Yoshlik energiyasi shiori ostida otkazilgan forum xalqaro ahamiyatga ega bolib, unda qoshni mamlakatlar, xususan, Rossiya Federatsiyasi va Belarus davlatlaridan kelgan yoshlar vakillari ishtirok etishdi.
Forum ishtirokchilarining umumiy soni 500 nafardan ortiqni, jumladan, yoqilgi-energetika sohasidagi yosh mutaxassislarni tashkil etdi.
Forum ijtimoiy faol, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning professional va ijodiy faoliyatlarini takomillashtirish, energetika tizimi kompaniyalari va tashkilotlari, xorijiy kompaniyalar va kasaba uyushmalarining faol yoshlari ortasida hamkorlikni tashkil etishga komaklashish, yoshlarning dolzarb muammolarini hal qilishda umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida otkazildi.
Ushbu Yoshlar energiyasi forumida korxonamiz yoshlari faol ishtirok etishdi hamda Energetika vazirligining daraja diplomlari, estalik sovgalari bilan taqdirlandi.






Ro`yxatga qaytish