SIRDARYO ISSIQLIK ELEKTR STANTSIYASINING ELEKTR SEXIDA, YANGI ZAMONAVIY USKUNALARNI ORNATISH VA ENERGO SAMARADORLIKKA ERISHISH MASALASIDA JADALLIK BILAN ISHLAR OLIB BORILMOQDA !

06.05.2021 10:14:00

SIRDARYO ISSIQLIK ELEKTR STANTSIYASINING ELEKTR SEXIDA, YANGI ZAMONAVIY USKUNALARNI ORNATISH VA ENERGO SAMARADORLIKKA ERISHISH MASALASIDA JADALLIK BILAN ISHLAR OLIB BORILMOQDA !

“Sirdaryo IES” AJ elektr sexining stantsiyadagi asosiy vazifasi;
- elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha ornatilgan rejalarini va dispetcherlik yuklama jadvallarini bajarish;
- sexga biriktirilgan barcha elektr uskunalarning ishonchli, tejamli va avariyasiz ishlashini ta’minlash, elektr yuklamalarni olib borish uchun uskunani doimo tayyor holda ushlab turish;
- uzatilayotgan elektr energiyaning meyordagi sifatini ushlab turish;
- texnologiyani takomillashtirish, ixchamlashtirish va ixtiro qilish masalalari boyicha ishlarni tashkil etish hisobiga ishlab chiqarish unumdorligini oshirish kabilardan iborat bolib, bugungi kunda sex tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xozirda 9-10-energobloklarimizda modernizatsiya ishlarining oxirgi bosqichi amalga oshirilmoqda.

Modernizatsiya jarayonida elektr sexiga qarashli asosiy va yordamchi muddatini otab bolgan eski uskunalar, yangi zamonaviy uskunalarga almashtirilmoqda. Jumladan;
- OTQ-220/500kV xavo liniyalari ochirgichlari eski tipdagi VVB-220/500 (Bakli xavo ochirgich) orniga zamonaviy HPL-500 B2-63WC tipidagi elegazli ochirgichlariga almashtirilmoqda.

- VVB-220/500 kV ochirgichlariga qoshimcha xavo kompressor xojaliklari mavjud. OTQ-220 kVda VShV-3/100 tipidagi 4 ta kompressor OTQ-500 kVda 6 ta kompressorlar joylashgan bolib xar birida 55 kVtli elektrodvigatellari mavjud va bu yana qoshimcha sarmoya koshimcha ishchi kuchi degani. Elegazli ochirgichlarning avfzaligi shundaki u VVB ochirgichlariga qaraganda qoshimcha xavo kompressorlariga muxtoj emas va bu kam xarajatliylik va ishonchliylikni yanada oshirshga olib keladi.

- KTQ-6 kV eski VEM-6 tipidagi ochirgichlar orniga xam yangi zamonaviy NV-12 tipidagi elegazli ochirgichlarga almashtirilmoqda.

Nafaqat ochirgichlar balki generatorlarda, generator qozgatish tizimlarida, ShPT va yangi tipdpgi elektro dvigatelar ham shular qatorida yangilanmoqda deydi - Sirdaryo IES AJ Elektr sexi boshligi Abdurefi Emirvaliyev.





Sirdaryo IES AJ matbuot xizmati.


Ro`yxatga qaytish