Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyasi distillat chuchuklashtirish sexida, uskunalarni joriy tamirlash va kislotali yuvish ishlari olib borilmoqda !

19.04.2021 15:48:00

Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyasi distillat chuchuklashtirish sexida, uskunalarni joriy tamirlash va kislotali yuvish ishlari olib borilmoqda !

“Sirdaryo IES” AJ energobloklarini mustahkam va ishonchli ishlashi uchun zarur bo‘lgan distillat suvi, korxonaning Distillat chuchuklashtirish sexida ishlab chiqariladi.

Distillat chuchuklashtirish sexining kuz-qish mavsumida barqaror va toliq ishlashi ta’minlandi.

Uskunalarni yoz oyida ishlashga tayyorlash maqsadida, 2-sonli distillat chuchuklashtirish qurilmasi (DChQ-2), jadvalga muvofiq 12 apreldan 25 aprelgacha, uskunalarni joriy tamirlash va kislotali yuvish ishlari uchun toxtatildi.

Tamirlash ishlari 3-smenada tashkil etilgan, jami 17 nafar xodim ishtirok etmoqda. Joriy tamirlash va kislotali yuvish ishlarini nazorat qilish DChS sexi rahbariyati tomonidan sutkasiga 12 soatdan, 2 smenada olib borilmoqda.

DChQ-1 joriy tamirlash va kislotali yuvishdan song qurilmaning distillat ishlab chiqarish hajmi meyoriy korsatkichlarga chiqarilishiga erishiladi.

Ushbu jarayonlarda distillat chuchuklashtirish sexining barcha xodimlari faollik bilan ishtirok etishmoqda va ishlar jadallik bilan olib borilmoqda deydi - Sirdaryo IES AJ Distillat chuchuklashtirish sexi boshligi Server Xayreddinov.




Ro`yxatga qaytish