Sirdaryo IES AJda raqamli transformatsiya jarayoni jadallik bilan olib borilmoqda !

09.04.2021 08:29:00

Sirdaryo IES AJda raqamli transformatsiya jarayoni jadallik bilan olib borilmoqda !

Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutuvchi “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida Sirdaryo IES AJda 2020-2022 yillarda Sirdaryo IES AJning raqamli transformatsiya qilish dasturi ishlab chiqilgan. Dasturga asosan kelgusida korxonada va energetika korxonalarida tatbiq etilishi kutilayotgan axborot tizimlari uchun kerak boladigan axborot transport muhitini ya’ni korxona kompyuter lokal hisoblash tarmogini loyiha asosida qurish ishlari olib borilmoqda. Jumladan otgan 2020 yil davomida korxonada maxsus talablar asosida korxona mamuriy binosidan uzoqda joylashgan Xodimlar tayyorlash markazi, Xodimlarni boshqarish boyicha bolimi, korxona mamuriy binosidan 10-energoblokiga malumotlarni uzatishda kerak boladigan axborot transport muxiti yaratildi. Loyixa asosida qolgan ish joylariga ham axborot transport muxitini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.
Korxona energobloklari texnik iqtisodiy korsatgichlarini onlayn nazorat qilish imkonini beruvchi Indusoft Umumstantsiya parametrlarini vizuallashtirish tizimi yaratildi. Dastur imkoniyatlarini yanada kengaytirish boyicha ishlar olib borilmoqda.
Bundan tashqari korxona kompyuter parki zamonaviy kompyuter qurilmalariga almashtirilmoqda. Buning natijasida ishchi-xodimlarning ish samaradorligi yanada oshmoqda.
Korxonaning raqamli transformatsiya qilish dasturiga kora korxona xodimlarining minimal kompyuter savodhonlik darajasini oshirish ham kozda tutilgan bolib, korxona xodimlariga shu yilning mart-aprel oylarida Axborot texnologiyalari va raqamlashtirish bolimi mutaxassislari tomonidan Minimal kompyuter savodxonligi boyicha oqitish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek korxonada barcha elektron hujjat aylanish tizimi, moliyaviy va statistik hisobotlarni oz vaqtida va sifatli taqdim etilishini taminlash hamda ishonchli videokonferentsaloqalarni tashkil etish maqsadida zaxira malumot uzatish kanali ham tashkil etildi. Korxonaga ilgor texnologiyalarni keng joriy etish, raqamli transformatsiyani amalga oshirish boyicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.


Ro`yxatga qaytish