Sirdaryo IESAJning 2020 yildagi faoliyati yakunlari.

12.03.2021 16:07:00

Sirdaryo IESAJning 2020 yildagi faoliyati yakunlari.

2020 yilda pandemiya sababli koronovirus “COVID-19” butun dunyoda ishlab chiqarish va odamlar xayotiga ta’sir qildi. Jumladan Sirdaryo IES AJ korxonasi ham 2020 yilning mart-iyul oylarida yopiq, vaxta rejimida ishlashiga to‘gri keldi. Yuzaga kelgan cheklov va qiyinchiliklarga qaramay korxona 2020 yil uchun belgilangan texnik-iqtisodiy korsatkichlarni toliq bajarishga erishdi.
Jumladan
- elektr energiya ishlab chiqarish uchun ornatilgan reja 14 001,9 mln.kVt•s bolib, amalda 14 965,7 mln.kVts energiya ishlab chiqarildi. Reja 106,88 %ga, dispetcher topshirigi 102,2 %ga bajarildi. 2019 yilga nisbatan elektr energiya ishlab chiqarish 2,3% oshdi.
- shartli yoqilgining sarfi uchun ornatilgan reja 362,02 g/kVt.s bolib, amalda 356,99 g/kVt.s shartli yoqilgi sarflandi, natijada 5,03 g/kVt.s shartli yoqilgi sarfi yoki qiymati 36 005,7 mlrd.somlik 62 737,1 ming.m3 tabiiy gaz iqtisod qilindi;
- oz extiyojlariga sarflangan elektr energiya uchun ornatilgan reja 3,84 % bolib, amalda 3,75 % ni tashkil etdi, natijada 0,097 % yoki 14,518 mln.kVt elektr energiya iqtisod qilindi.
Korxonaning 2020-2021 yillar kuz-qish davrida ishlashga tayyorligi boyicha bir qator ishlarni amalga oshirildi, yani:
- barcha energobloklarda joriy tamirlash ishlari otkazildi;
- yordamchi uskunalarda sozlash va tiklash ishlari amalga oshirildi;
- zaxira yoqilgisi bilan toliq taminlash maqsadida Sirdaryo IES AJ 3-mazut saqlash hojaligida 5 ta mazut saqlash sigimlari va uskunalari qayta tiklandi;
- kuz-qish mavsumi uchun 300 000 tonna zaxira yoqilgisi taminlandi.
2020 yil amalga oshirilgan ishlarning eng muhimi bu modernizatsiya ishlari davom ettirildi. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyasida energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish chora-tadbirlari togrisida R-5158-sonli farmoyishiga asosan Sirdaryo IES AJda 5,6-energobloklar keng qamrovli modernizatsiya ishlari qilindi. 5,6 energobloklar modernizatsiya ishlari bosh pudratchi PAO Silovie mashini tashkiloti tomonidan amalga oshirildi.
6-energoblok 2020 yil 3 mart sanasidan keng qamrovli modernizatsiya qilish ishlari uchun toxtatildi, modernizatsiya ishlari toliq yakunlanib, 2020 yil 6 oktyabr kuni energoblok ishga tushirilib tarmoqqa ulandi.
5-energoblok modernizatsiya ishlari 2020 yil 18 iyundan 25 noyabrgacha amalga oshirildi, modernizatsiya ishlari toliq yakunlanib, 2020 yil 29 noyabr kuni energoblok ishga tushirilib tarmoqqa ulandi.
5-6 energobloklarda amalga oshirilgan keng qamrovli modernizatsiyadan song har bir energoblokning:
- ornatilgan quvvati 25 MVt ga oshirildi (300 MVt dan 325 MVtgacha);
- shartli yonilgi sarfi 35-40 g/kVt.soatga (370 g/kVt.soatdan 330 g/kVt.soatga) kamaytirildi;
- tamirlash va texnik xizmat korsatish xarajatlari qisqartirildi;
- ishlab chiqarish resursini 20 yil va undan ortiq muddatga uzaytirildi;
- ishonchliligi va xavfsizligi oshirildi;
- texnik dasturiy kompleksiga asoslangan zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etildi.
Barcha amalga oshirilgan tamirlash va modernizatsiya ishlaridan song 10 ta energoblok va yordamchi uskunalar bilan birgalikda kuz-qish mavsumida ishlashga tayyor holga keltirildi.
Bugungi kun davr talabi energo resurslarni tejashga qaratilgan, bu borada Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 avgustdagi Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energi manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari togrisidagi PQ-4422-sonli qarorlari qabul qilingan. Ushbu qaror yuzasidan korxonada 2020 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ornatilishi boyicha 20 dona quyosh batareyalari hamda 14 dona quyosh suv isitgichlari ornatildi. Ornatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga 12,1 ming.kVt elektr energiya, 31,3 Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi.
Hozirda korxonada keng kolamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.


Ro`yxatga qaytish