2021 yil 12 mart kuni “Sirdaryo IES”AJ kimyo sexi ishchi xodimlari bilan korxona Bosh direktorining ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
12.03.2021 16:01:00
2021 yil 12 mart kuni “Sirdaryo IES”AJ kimyo sexi ishchi xodimlari bilan korxona Bosh direktorining ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Korxonaning 2021 yil 2 martdagi “Joylarda ochiq muloqotlar o‘tkazish” to‘g‘risidagi mart oyiga belgilangan jadvaliga asosan. 2021 yil 12 mart kuni kimyo tsexi ishchi-xodimlari bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda korxona ishchi-xodimlarining ish bo‘yicha muammolari, sohaga oid takliflari va joylardagi muammolarni o‘rganish maqsadida korxona Bosh direktori bilan sex ishchi-xodimlari o‘zaro fikr almashishdi.
Bosh direktor korxonada amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning tartib-intizomga rioya etgan holda ishlashlari zarurligi, sexdagi xodimlarni bugungi kunda qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha ularning fikrlari tinglandi.
Muloqot davomida sexda xizmat qilayotgan ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollar bilan o‘z murojatlarini yo‘llashdi ularning bajarilishi doimiy nazoratga olinishi bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi va galdagi vazifalar belgilab olindi.
Ushbu ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvlar mart oyining ohiriga qadar davom ettiriladi.


