Xazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan “So‘z mulkining sultoni”shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

06.02.2021 21:39:00

Xazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan “So‘z mulkining sultoni”shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy meroslarni qadrlash ularni asrab avaylash va buyuk siymolarimiz va bobolarimizni tavallud ayyomlarini keng nishonlash kabi g‘oyalarini mujassam etgan holda 2021 yil 05 fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan “So‘z mulkining sultoni” shiori ostida katta bayram tadbiri va g‘azalxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi.
    Ushbu tadbir shahar xokimligi va korxona Kasaba uyushmasi hamda “Yoshlar ittifoqi” BT bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda stansiyaning bir guruh iqtidorli yoshlaridan tashkil topgan “Energo ” jamoasi ishtirok etib, yig‘ilganlarga Navoiyning g‘azallari va uning zarvorli bosib o‘tgan yillari bo‘yicha teatrlashgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
    Tadbirga yig‘ilganlar ayniqsa yoshlar ushbu tadbir orqali Navoiyning ijodi va Xamsa asaridan sahnada gavdalangan ko‘rinishlardan o‘zlariga tegishli taassurotlarni olishdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.




Ro`yxatga qaytish