"Sirdaryo IES" aksiyadorlik jamiyatida modernizatsiya jarayoniga korxona yoshlarining qo'shayotgan hissasi

02.02.2021 10:26:00

"Sirdaryo IES" aksiyadorlik jamiyatida modernizatsiya jarayoniga korxona yoshlarining qo'shayotgan hissasi

“Sirdaryo IES” AJ energobloklarni bosqisma-bosqich modernizatsiya qilish jarayoni davom etmoqda. Bugungi kunda yoshlarni ar jabhada ko‘rishimiz mumkin. Modernizatsiya jarayonlarida xam yoshlarimiz juda xam faol ishtirok etishmoqda.
Ushbu loyiha, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning 2016 yil 1 oktyabr sanasidagi Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida muqaddam Rossiya Federatsiyasining « » OAJ tomonidan Sirdaryo IES AJda modernizatsiya qilingan 1 va 2 energobloklarning ijobiy natijalaridan kelib chiqib, kolgan 3,4,5,6,9,10 sonli energobloklarni ham modernizatsiya qilish ishlarini boshlash boyicha bergan topshiriqlari hozirgi kundagi koronavirus pandemiyasiga qaramay imkon qadar reja asosida olib borilmoqda. Modernizatsiya jarayonida 50 nafarga yaqin yosh mutaxassislar qatnashishdi va ular malakali xodimlarga biriktirildi.
Loyiha Prezidentimizning 2017 yil 29 dekabr sanasidagi Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyasida energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish chora - tadbirlari togrisida F-5158- sonli Farmoyishiga asosan 3 bosqichda amalga oshirilmoqda, ya’ni 1 bosqichda 3 va 4 energobloklar 2018-19 yillarda, 2 bosqichda 5 va 6 energobloklar 2019-2020 yillarda va 3 bosqichda 9 va 10 energobloklar 2020-2021 yillar davomida modernizatsiyasi kozda tutilgan.
Shuni aytish joizki, loyihaning 1 va 2 bosqichi muvaffaqiyatli modernizatsiya qilinib, hozirda 3,4,5,6-energobloklar Respublikamizda har bir kilovat elektr energiyani muqaddam korsatkichlarga nisbatan 35-40 gram yoqilgi iqtosodi va koproq elektrenergiya ishlab chiqarilmoqda.
Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish, energobloklarning mavjud quvvatlarini 250 MVt dan 325 MVtga oshiriish, 6 ta energobloklarda yillik elektroenergiya ishlab chiqarish xajmini 12,3 mlrd. kVt.s.dan 15,6 mlrd. kVt.s gacha oshirish, 1 kVt.s. elektroenergiya ishlab chiqarish uchun sarflangan shartli yoqilgi sarfi 35-40 gramm (370 gr./kVt.s.dan 330gr./kVt.s.)ga kamaytirish, yiliga sarflanadigan yoqilgining ortacha sarfi 270mln.kub.m tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishish va manan hamda jismonan eskirgan uskuna va ehtiyot qismlarining park resursini yana 20 yilga oshirishga imkon beradi.
Ushbu ishlarning barchasini bajarilishida korxonamiz yoshlarining orni juda yuqori. Modernizatsiya jarayonlarda yoshlarning tutgan orni va ahamiyati ham taqsinga sazovor.
Korxonamiz yoshlarining asl maqsadi, halqimizni uzluksiz elektr energiyasi bilan taminlashdir.





Ro`yxatga qaytish