O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi, uning mazmun mohiyati bo‘yicha 2021 yil 26 yanvar kuni korxonada video-selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
26.01.2021 09:41:00
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi, uning mazmun mohiyati bo‘yicha 2021 yil 26 yanvar kuni korxonada video-selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 23 oktyabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishining 7-sonli bayonnomasi 10-bandi ijrosini ta’minlash va “IES” AJning 2021 yil 19 yanvardagi 02-31/12-sonli Faksogrammasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 26 yanvar kuni “IES” AJ boshqaruvi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘yicha energetika tizimda ishlovchi barcha rahbar va xizmat, bo‘lim boshliqlari uchun murojaatnomaning mazmun-mohiyati yuzasidan kengaytirilgan video-selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu video-selektorda “Sirdaryo IES” AJ rahbar xodimlari, xizmat va sex, bo‘lim boshliqlari, faol yoshlar ishtirok etishdi. Video-selektor orqali ma’ruza qilgan barcha mutasaddilar Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini va yaqin yillar davomida energetika tizimida va boshqa shu kabi qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
