22-dekabr Energetiklar kuni kasb bayrami munosabati bilan bosh direktorimiz tashabbuslari hamda korxona Kasaba uyushmasi va Yoshlar ittifoqi Boshlangich tashkiloti tomonidan ishchi-xodimlar o'rtasida mini-futbol turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi

24.12.2020 15:00:00

22-dekabr Energetiklar kuni kasb bayrami munosabati bilan bosh direktorimiz tashabbuslari hamda korxona Kasaba uyushmasi va Yoshlar ittifoqi Boshlangich tashkiloti tomonidan ishchi-xodimlar o'rtasida mini-futbol turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi

2020 yil 22 dekabr kuni “Sirdaryo IES” AJda 22-dekabr Energetiklar kuni kasb bayrami munosabati bilan yig’ilish tadbiri bo'lib o'tdi. Ushbu yigilishda yil davomida modernizatsiya jarayonlarida o'zining faolligini va ko'p yillik samarali mehnatlari samarasi o'laroq ishlayotgan bir qator energetika tizimi xodimlari korxona va Kasaba uyushmasi tomonidan munosib taqdirlandilar. Shundan so'ng navbat futbol bo'yicha o'tkazilgan musobaqa g'oliblarini aniqlash hamda ularni taqdirlashga qaratildi. Prezidentimiz ilgari surayotgan 5-ta muhim tashabbus ijrosini ta`minlash va 22-dekabr Energetiklar kuni kasb bayrami munosabati bilan bosh direktorimiz tashabbuslari hamda korxona Kasaba uyushmasi va Yoshlar ittifoqi Boshlangich tashkiloti tomonidan ishchi-xodimlar o'rtasida sportning mini-futbol turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
Ushbu musobaqada jami 10 ta tsex ishtirok etib, jami 100 dan oshiq ishchi-xodimlar ushbu musobaqada ishtirok etishdi. 21 noyabrdan 13 dekabr kuniga qadar qariyib bir oy davom etgan hamda qiziqarli o'tgan ayniqsa sovuqni-sovuq demay o'tgan ushbu musobaqada nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar aniqlandi. Ya`ni turnirning Eng yaxshi to'purari nominatsiyasi g'olibi deb 1-QTTs ishchisi Umidjon Bobokalonov loyiq deb topildi. Ushbu ishchimiz jami 25 dan ortiq to'pni raqib darvozasiga yo'lladi.
Turnirning hal qiluvchi gollarini urgan ajoyib hujumchi ya`ni turnirning Eng yaxshi o'yinchisi deb IAO'Ts ishchisi Burxonbek Raxmonqulov loyiq deb topildi. Turnirning Eng yaxshi darvozaboni nominatsiyasi g'olibi deb, yoshi va ko'p yillik mexnati hamda turnir davomidagi ajoyib seyflariga asoslanib aniqlandi va ushbu nominatsiyaga 2-QTTs ishchisi Bahodir Ro'ziboev loyiq deb topildi. 22 dekabr Energetiklar kuni munosabati bilan o'tkazilgan mini-futbol musobaqasida 3-o'rin bilan, 2-Qozon turbina tsexi jamoasi taqdirlandi. Chiroyli o'yin, matonatli jamoa va hamisha shou qilishni yaxshi ko'radigan yana bir jamoamiz yani 2-o'rin bilan, Issiqlik avtomatikasi va o'lchovlari tsexi jamoasi korxona tomonidan taqdirlandi. Chiroyli o'yin, chiroyli natija va chiroyli galabalar bilan o'zini namoyon qilgan jamoa ya`ni 2020 yil mutloq chempioni 1-o'rin bilan hamda korxonaning ko'chma kubogi bilan, Markaziy tamirlash tsexi jamoasi taqdirlandi. Tadbir ko'tarinki ruxda bo'lib o'tdi.




Ro`yxatga qaytish