Beparvolikka yo'l qo'ymang

09.12.2020 10:41:00

Beparvolikka yo'l qo'ymang

Hozirgi kunlarda ob-havoning keskin sovub ketishi natijasida odamlarning elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyoj yanada ortib bormoqda. Xonadonlar, korxona, tashkilot, muassasalar va xalq xojaligi maskanlarini isitish uchun turli standart talablariga mos kelmaydigan qolda yasalgan elektr plitalardan foydalanish xolatlari kopayib ketmoqda. Axoli yashash xonadonlarida va kop qavatli uylarda gaz plitasi va gaz kalonkasiga ornatilgan morikonlarni nosozligi hamda notogri foydalanishi oqibatida xam yonginlar sodir bolmoqda.
Ushbu yonginlarni kelib chiqishiga oddiy sabablar ya`ni bolalarning shoxligi, ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizligi, elektr va gaz jihozlaridan notogri foydalaniosh oqibatida sodir bolmoqda. Boshqacha aytganda ozgina xafsalaning yetishmasligi yoki arzimagan maglagni tejash uchun gaz plitalarini sozligini xech qanday xujjat hamda ruxsatnomaga ega bolmagan ustalar xizmatidan foydalanish yoki nosoz holda foydalanish oqibatida bir qator kongilsiz va mudhish voqealar roy bermoqda.
Misol uchun:
Kuni kecha Xovos tumani Dostlik mahallasi Xiyobon kochasi 11 – uy 24 xonadonda yashovchi fuqaro 1989 yilda tugilgan G.M. va uning 3 nafar 2010, 2013, 2017 yillarda tugilgan farzandlari bilan birgalikda yashash uyida is gazidan zaharlanish natijasida dunyodan erta koz yumgan.
Bunga oxshash is gazidan zaharlanish xolatlari Yaqindagina Boyovut tumani Qarapchi MFYda yashovchi fuqarolar 23 yoshli A.F. xamda uning 21 yoshdagi turmush ortogi G.F. lar is gazidan zaharlanish natijasida vafot etganlar. Bu kabi noxush xolatlarga yol qoymaslik uchun eng avvalo beparvolikka yol qoymasligimiz hamda e`tiborli bolishimiz talab etiladi. Xonadonlar, korxonalar, muassasalar va xalq xojaligi maskanlarida isitish uchun turli standart talablariga mos kelmaydigan qolda yasalgan elektr plitalaridan foydalanish xolatlari iloji boricha yol qoymasligimiz lozim. Xonadonlarda va ishxonalarda bir vaqtning ozida bitta tarmoqqa bir nechta elektr isitish pechlarini nazoratsiz qoldirish oqibatida koplab yonginlar yuzaga kelmoqda, shuningdek, xonadonlarda gaz plitasidan isitish maqsadida foydalanish natijasida is gazidan zaharlanish xolatlari sodir bolmoqda.
Xurmatli fuqarolar! Aziz yurtdoshlar sizning xayotingiz nafaqat siz uchun balki biz uchun ham muhimdir. Beparvolikka yol qoymang yongin xafvsizligi qoidalariga qat`iy rioya qilishingizni sorab qolamiz.


Ro`yxatga qaytish