Hamkorlikda olib borilayotgan tadbirlar

25.11.2020 13:41:00

Hamkorlikda olib borilayotgan tadbirlar

Keyingi yillarda mamalakatimiz iqtisodiyot tarmoqlarida bir muncha o‘sish, iqtisodiy rivojlanish yuzasidan ancha ishlar amalga oshirildi. Respublikamizning qator viloyat, shahar va tuman markazlarida yangidan-yangi savdo-sanoat tarmoqlari ma’muriy-madaniy, ishlab chiqarish va turar-joy binolari qurilib, ichki bozor shakllandi. Milliy boylik kopaya bordi. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi osish va iqtisodiy rivojlanishda boshqa xizmat xodimlari qatori yongin-qutqaruv xodimlarining ham hissasi katta boldi. Ular xalqimiz mexnati evaziga bunyodga kelgan moddiy va manaviy boyliklarni yongin ofatlaridan muhofaza etish, xalq xojaligi maskanlari xamda aholi turar joylarida yongin xavfsizligini taminlashda yuqori natijalarga erishmoqdalar.
Jumladan, “IES” AJning 2020 yil 26 oktyabr kunidagi 01-323-sonli buyrugiga asosan hamda Sirdaryo IES AJning 2020 yil 28 oktyabr kunidagi 682-sonli buyrugiga asosan stansiya hududida Yongin xavfsizligi oyligi otkazilmoqda.
Yongin xavfsizligi oyligining asosiy vazifalari etib, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obektlarinini, shuningdek uy-joy fondini yongin xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish deb belgilangan.
SHu munosabat bilan, yongin-qutqaruv qismi xodimlari tomonidan stansiyaga qarashli barcha sexlarda va ulardagi bino-inshoatlar texnologik jarayonlar ishlab chiqarish uskuna va agregatlarining yonginga qarshi holatlari stansiyaning ushbu yonalishda masul bolgan mutasaddi xodimlari bilan hamkorlikda tekshirilib chiqildi.
Bunda asosiy etibor, obektlarda avtomatik yongin ochirish qurilmalari va yongindan xabar beruvchi moslamalarning soz holatga keltirish, elektr qurilma va tarmoqlarning yongin xavfsizligi qoidalari talablariga toliq javob berishi, maskanlarning suv bilan toliq taminlanishiga qaratildi.
Yonginga qarshi holatlar tekshirilishi mobaynida aniqlangan yongin xavfsizligi qoida-talablari buzilish holatlari joyida bartaraf etilishiga erishilib kelinmoqda.
Yonginga qarshi tadbirlar otkazilishi jarayonida ishchi xodimlarga yonginni kelib chiqish omillari va ularning ogir oqibatlari xaqida tushunchalar berilib, yongin xavfsizligi qoida-talablariga rioya etilishi yuzasidan saboqlar berib borilmoqda.
Ushbu otkazilayotgan tadbirlar stansiya ishchi-xizmatchilarining yongin xavfsizligi yonalishida bilim va konikmalarini oshirishga xizmat qiladi.


Ro`yxatga qaytish