Sirdaryo IES AJ energo uskunalarida xalqaro darajada energoaudit otkazish boyicha

03.09.2020 00:00:00

Sirdaryo IES AJ energo uskunalarida xalqaro darajada energoaudit otkazish boyicha

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi PQ-4779-sonli “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarini jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilgi-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida”gi va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 07 avgustdagi 164-sonli Yoqilgi-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan otkazish qoidalari qarorlariga asosan amalga oshirilmoqda.
Xalqaro darajada energoaudit otkazishdan asosiy maqsad:
- ishlab chiqarishda foydalanilgan energiya resurslar hajmi togrisida ob'yektiv malumotlarni olish;
- qurilmalar va jihozlarning asosiy energiya sarfi royxatini tayyorlash;
- barcha asosiy va yordamchi uskunalarining ekspluatatsion xususiyatlarini organish;
- uskunalarni ekspluatatsiya qilish va ularga texnik xizmat korsatish xarajatlarini baholash;
- yoqilgi-energetika resurslari istemolchisi uchun energiya pasportini rasmiylashtirish;
- energiya tejash va energiya samaradorligini oshirish boyicha iqtisodiy jihatdan samarali dasturni ishlab chiqish .

Investitsiya darajasida energoaudit natijasi boyicha auditor xulosasida korxonalarning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi (TER) taqdim etiladi. Ushbu hisob-kitoblar asosida esa energiya samaradorlikni oshirishga qaratilgan investitsiya loyihasining texnik iqtisodiy asosnomasi (TEO) ishlab chiqish va amalga oshirish mumkin boladi.
Ushbu otkaziladigan xalqaro darajadagi energoaudit tekshiruvi provardida korxonaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy korsatkichlari yaxshilanadi. Potentsial darajadagi investorlarni jalb qilishga zamin yaratiladi.


Ro`yxatga qaytish