Sirdaryo IES AJ daKoronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida ishlab chiqarish uzluksizligini taminlash boyicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

18.04.2020 10:06:00

Sirdaryo IES AJ daKoronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida ishlab chiqarish uzluksizligini taminlash boyicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

“Sirdaryo IES” AJda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, karantin vaqtida aholi ehtiyojlarini qondirish, jumladan, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida Sirdaryo IES AJ da 15 apreldan boshlab 15 kunlik yotoq bilan ishlash rejimiga o‘tildi.
Bundan tashqari bir necha buyruqlar ishlab chiqildi va ish vaqti grafiklariga vaqtinchalik ozgartirishlar kiritildi.
Joriy yilning 15 apreldan ikki navbatlik15 sutka yopiq ish tartibiga otkazilish belgilandi hamda kelib tushgan taklif va murojaatlarga asosan korxona mamuriyati va kasaba uyushmasi qomitasi tomonidan ishlayotgan xodimlarni qollab-quvvatlash maqsadida 2020 yil 14 aprelda 21-13 s qoshma yigilish qarori qabul qilindi.
Unga kora 15 sutka ish rejimida kunduzgi ishlovchi ishchi-xodimlarga (har bir sutka 12 soat rejimida ertalab soat 7:00dan kech 20:00gacha) ishlagan 8 soat ish vaqtlari uchun belgilangan tartibda, ortiqcha ishlagan 4 soat ish vaqtlari hamda dam olish kunlari shanba va yakshanba kunlari ishlagan ish soatlari uchun ikki hissa miqdorida ish haqi hisoblash;
15 sutka ish rejimida vaxta uslubida ishlovchi ishchi-xodimlarga meyoriy ish soati (norma chas)dan ortiqcha vaqt uchun ikki hissa miqdorida ish haqi hisoblash belgilandi.
Hozirda korxonada 919 nafar ishchi-xodimlarning yotib ishlashlari uchun karantin qoidalariga amal qilingan holda sanitariya talablariga javob beradigan barcha shart-sharoitlar yaratildi. Yotoq joylari zarur anjomlar bilan jihozlandi, ishchilar uchun oziq-ovqat zaxirasi jamgarildi.
Karantin davrida ishchi-xodimlarning salomatliklarini muhofaza qilishga alohida etibor berilmoqda. Shuningdek, ishdan song xodimlarning mazmunli dam olishlarini tashkil etish maqsadida korxona Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan kutubxona ham tashkil etildi. Sport bilan shugullanishlari uchun ham zarur sharoitlar yaratildi. Shuningdek muntazam ravishda bir kunda ikki marotaba Yoshlar ittifoqi BT Nurchilar radiosi orqali koronavirus va undan saqlanish boyicha turli malumotlar berib borilishi ham yolga qoyildi.
Korxonaning xodimlar kirish va chiqish yolagiga bosh muxandis Jaxongir Qirgizboyev tashabbusi bilan Dezinfektsion tunel ornatildi. Korxonada koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish boyicha juda koplab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.


Ro`yxatga qaytish