22 - dekabr "Energetiklar kuni" kasb bayarmini yanada ko'tarinku ruxda nishonlash maqsadida, "Sirdaryo IES" AJ xodimlari uchun "Nurchilar faxrimiz" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

28.12.2019 15:12:00

22 - dekabr "Energetiklar kuni" kasb bayarmini yanada ko'tarinku ruxda nishonlash maqsadida, "Sirdaryo IES" AJ xodimlari uchun "Nurchilar faxrimiz" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Ushbu bayram tadbirida stantsiyaning faol ishchi-xodimlari uchun bir-biridan qiziq tadbirlar, uchrashuvlar, tanlovlar o‘rin olgan, bayram dasturxoni yozildi.
Bayram tadbirida “Sirdaryo IES” aktsiyadorlik jamiyati Bosh direktori Mamatkulov Shukurali Abduraximovich sozga chiqib, yigilganlarni kasb bayramlari bilan qutladi va shahrimizdagi barcha soxa vakillarini, ishchi xizmatchilarni yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Tadbirda shahar xokimi va mutasaddi tashkilot raxbarlari, korxona ishchilari ishtirok etishib, yigilganlarga oz tabriklarini izxor etishdi.
Shu kun barcha nurchilar bayramona dasturxon atrofida jam bolishdi va korxonaning Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkilotining Energo jamoasi tomonidan ajoyib dasturlar va bir-biridan qiziq sahna korinishlari namoyish etildi.
Bayram shukuxi stantsiyamizda davom etmoqda.


Ro`yxatga qaytish