: A A A
Sirdaryo IESda energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish loyihasining birinchi bosqichi o'z yakuniga yetmoqda

08.10.2019 08:56:00

Sirdaryo IESda energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish loyihasining birinchi bosqichi o'z yakuniga yetmoqda

10.10.2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida 82-sonli bayoniga asosan Sirdaryo IESda modernizatsiya ishlarini davom ettirish kozda tutilgan. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2017 yildagi R-5158 sonli «Sirdaryo IESda energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish chora tadbirlari togrisida»gi farmoyishga asosan Rossiya Federatsiyasining energetika uskunalarini ishlab chiqarish sohasida nufuzli salohiyatga ega PAO “Silovie mashini” tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma asosida 6ta energoblokni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlari boshlandi. Shartnomaga kora loyiha 3 bosqichda amalga oshiriladi.
- I bosqich 2018-2019 yillarda - 3 va 4-energobloklar
- II bosqich 2019-2020 yillarda - 5 va 6-energobloklar
- III bosqich 2020-2021 yillarda - 9 va 10-energobloklar.
Modernizatsiyadan kozlangan maqsad pirovardida kelgusi 20 yil uchun rivojlanib kelayotgan Ozbekiston iqtisodiyotining real sohasini elektroenergiya bilan uzluksiz, sifatli va yetarli miqdorda ta’minlashdir. Shu bilan birgalikda sarflanadigan yoqilgi miqdorini tejash, uskunalarning ishlash muddatini 20 yildan ortiq vaqtga uzaytirish va elektr energiya ishlab chiqarish sohasida raqobatbardoshlikni oshirishdan iboratdir.
Tasdiqlangan ish jadvaliga asosan shu yilning 12 sentyabr kuni 3-energoblok modernizatsiyasi yakunlanib ishga tushirildi. Modernizatsiya natijasida energoblokning rejalashtirilgan loyihaviy 325 MVt elektroenergiya ishlab chiqarilib yagona energotizimga uzluksiz uzatilmoqda.
Eng asosiysi, 3-energoblokdagi ornatilgan nominal quvvat 300MVt dan 325 MVtga oshdi va shartli yoqilgi qiymati esa 1 kVt*soat elektroenergiya ishlab chiqarishda 35÷40 grammga kamaydi, yani 370 gr/kVt*soatdan 330 gr/kVt*soatga kamaydi.
Shuningdek shartnomaga asosan bosh pudratchi zimmasidagi qurilish va montaj ishlari nafaqat horijiy (Elektrosila, Elara, UralORGRES,), balki Energoresurs, SharqTexEnergoTamir (ShTET), Elektroizolit, MU-4 va NP ESAN kabi mahalliy korxonalar yordamida amalga oshirilmoqda. Tegishli masul pudratchi korxonalar 3-energoblokni ishga tushirish uchun sozlash ishlarini ornatilgan muddatda sifatli yakunladilar. Korxonamizning ishchi xodimlari yangi zamonaviy uskunlarga sifatli texnik xizmat korsatish va ularni ishonchli ekspluatatsiya qilishini taminlash maqsadida PAO Silovie mashini korxonasining yetuk muxandislari tomonidan oqitish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda ishchi xodimlarning malaka va konikmalarini oshirish uchun energoblokda olib borilayotgan ishlarga jalb etilmoqda.
Hozirda 4-energoblokni modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda va modernizatsiya ishlarini shu yilning oktyabr oyida yakunlab ishga tushirish rejalashtirilgan. Barcha muammoli savollar oz yechimini topmoqda.
Bosh pudratchi loyihaning ikkinchi bosqichi uchun uskunalarni ishlab chiqarishni toliq tamomlab, elektrostantsiyaga oz vaqtida yetkazib berishni boshlab yuborgan.


Ro`yxatga qaytish