: A A A
Issiqlik elektr stantsiyalari AJning Sirdaryo IES AJ ustav fondidagi ulushini baholab beruvchi baholash tashkilotini tanlash boyicha tenderga taklif etish togrisida

19.07.2019 17:22:00

Issiqlik elektr stantsiyalari AJning Sirdaryo IES AJ ustav fondidagi ulushini baholab beruvchi baholash tashkilotini tanlash boyicha tenderga taklif etish togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi «Ozbekiston Respublikasida elektr energetika tarmogini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi togrisida»gi PQ-4249-sonli qaroriga kora Ozbekenergo AJ tugatilib uning negizida Issiqlik elektr stantsiyalari aktsiyadorlik jamiyati tashkil etilishi belgilangan. Issiqlik elektr stantsiyalari aktsiyadorlik jamiyati tashkil etilgan sanada Ozbekenergo AJning moliyaviy hisobotida aks ettirilgan aktivlari hamda majburiyatlarining huquqiy vorislari hisoblanishi korsatib otilgan.
Bundan tashqari ushbu qarorning 9-bandiga kora yangidan tashkil etiladigan Issiqlik elektr stantsiyalari aktsiyadorlik jamiyatining ustav kapitalini shakllantirish aktsiyadorlik jamiyatining ustav kapitallariga qoshilayotgan mulkning balans qiymati boyicha amalga oshirilishi, keyinchalik mazkur mulkning balans va bozor qiymatlari ortasidagi tafovut ularning ustav kapitallariga kiritilishi belgilab berilgan.
Ozbekenergo AJning Sirdaryo IES AJdagi 100% ulushi balans qiymatida Qimmatli qogozlarning Markaziy depozitariysi davlat korxonasida 21.06.2019y. 295/929-sonli shartnomaga asosan Issiqlik elektr stantsiyalari aktsiyadorlik jamiyati depo hisobvaragiga otkazilgan.

Sirdaryo IES AJ Boshqaruvi Issiqlik elektr stantsiyalari AJning Sirdaryo IES AJ ustav kapitalidagi ulushini bozor qiymatini aniqlash uchun ulushlarni baholab beruvchi tashkilotlarni 2019 yil 22 iyulda bolib otadigan tender tanlovida ishtirok etishini yoki oz tijoriy takliflarni taqdim etishlarini soraydi.

Sirdaryo IES AJ ustav fondi togrisida qisqacha ma’lumot:

Umumiy aktsiyalar soni: 106 487 909 dona.

shundan:

- imtiyozli aktsiyalar soni: 876 864 dona

- oddiy aktsiyalar soni: 105 611 045 dona.

Aktsiyalar nominal qiymati: 1 000 som.

Ustav fondining umumiy miqdori 106 487 909 000 som.

Issiqlik elektr stantsiyalari AJning Sirdaryo IES AJ ustav fondidagi ulushi 99,17 % yani 105 611 045 dona oddiy aktsiyalar, umumiy miqdori 105 611 045 000 som.

Malumot uchun telefon: 0 (367) 764-59-43;

Faks: 0 (367) 764-51-30

Elektron pochta: info@sdtes.uz

Ro`yxatga qaytish