: A A A
Bahorgi ishlar avjida

06.03.2019 11:45:00

Bahorgi ishlar avjida

Mustaqil O‘zbekistonimizning barqaror rivojlanishida ozining munosib hissasini qoshib kelayotgan Sirdaryo IES jamoasi Prezidentimizning olib borayotgan oqilona siyosati va islohotlaridan ruhlangan holda mehnat qilib kelmoqda.
Jamoada respublikamizni elektr energiyasi bilan ta’minlash bilan birgalikda Prezidentimizning chiqargan qaror va farmonlariga yondashgan holda, stantsiyamiz hududida obodonlashtirish va bog-roglar yaratish, ularga ishlov berish, qolaversa bosh yerlarga ertapishar sabzavotlar va rezavor mevalar ekish ishlari jadal suratlar bilan olib borilmoqda. Elektr sexining ochiq taqsimlash hududidagi bosh yerlarga 60 dona mevali daraxt kochatlari otkazildi. 220kVli ochiq taqsimlash qurilmasi(OTQ)dagi bogdagi daraxtlarga ishlov berilib, korkam holatga keltirildi. Hozirda sexga biriktirilgan yer maydonlaridagi ekinlarni sugorish tizimi borasida ishlar olib borilmoqda. Transformatorlar atroflari tozalanib, yulaklar yokasiga qoshimcha 16 dona archa daraxtlari va ular orasiga gul kochatlari ekildi. OTQda bosh yer maydonida archa kochatlari yetishtirish yolga qoyildi.
Elektr tseximiz ishchi xodimlarining kopchiligi shahrimizning Farhod va Nurobod mahallalarida istiqomat qiladilar. Ular oz oilalari byudjetlarini kotarish, qolaversa mahallalarini obod va korkam korinishga keltirish uchun oz tomorqalarida bog-rog yaratish, sabzavot va rezavor mevalar ekish ishlari bilan shugullanib kelmoqdalar. Agar yerimizga mexr berib, sidqidildan mehnat qilsak, kundalik ehtiyojimiz uchun kerakli barcha mahsulotlarni oz tomorqalarimizda yetishtirish , xatto ortiqchasini bozorlarda sotish imkoni ham mumkin boladi. Hurmatli Prezidentimiz oz maruzalarida bu borada kop marta takidlab, tomorqalardan oqilona foydalanish oila daromadining oshishiga olib kelishini uqtirib otmoqdalar. Hattoki bu ishlarni bajarishda mablag muammosi paydo bolganda, banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilmoqda, bu esa faqatgina xalqimizning farovonligi, tinchlik va totuvlik yolidagi qilinayotgan ezgu va savobli ishdir. Shunday ekan har birimiz oz tomorqalarimizdan samarali foydalanaylik va uyimizga tashrif buyuruvchi mehmonlar, qolaversa ozimiz uchun ham kotarinki kayfiyat baxsh etuvchi muhit yarataylik.


Ro`yxatga qaytish