: A A A
Elektr energiyasining tejash - davr talabi

04.03.2019 09:33:00

Elektr energiyasining tejash - davr talabi

Elektr energiyasi - bu iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim zahiralaridan biridir. Yildan-yilga oshib borayotgan energiya iste’molining hajmi undan tejab-tergab va oqilona foydalanish talab etayotir. Bugungi kunda energetika sohasini rivojlantirish, uning amaldagi quvvatlarini modernizatsiyalash, tiklanadigan energiya manbalarini va energiya tejaydigan texnologiyalarini joriy etish hamda elektr, energiyasini uzatishda yo‘qotishlar kamaytirish masalalariga alohida etibor qaratib kelinayotganligi sir emas. Bugungi kundagi mukammal texnikalar yaratib borilishi va iqtisodiyotining osishi energiya istemolining ortib borishiga uzviy bogliq.
Yurtimizda iqtisodiyotni samarali boshqarish va xalq farovonligini oshirish yolidagi ishlar kolami yildan-yilga kengaymokda. Bu yonalishda yaratilgan moddiy boyliklardan tejab-tergab va oqilona foydalanish tobora muhim ahamiyat kasb etmokda. Farovonlikni esa elektr energiyasisiz tasavvur etib bolmaydi. Iqtisodiy tizim korxonalarini xarakatga keltirayotgan xonadonlarimizni charogon, mushkullarimizni oson kilayotgan bebaho boyligimiz. Bu soxada tejamkorlikka erishishda eng muxim omil - aholi ortasida elektr energiyasi istemoli madaniyatini shakllantirishdir. Elektr energiyasiga bolgan oqilona munosabat natijasida ham xalq, ham davlat manfaat koradi. Respublikamiz boyicha xalq xojaligi va aholini elektr energiyasi bilan taminlash uchun bir sutkada elektr quvvati hosil qiluvchi stansiyalarda 40 mln kubdan kop tabiiy gaz va 15 ming tonnadan ortiq komir yoqilmoqda. Bunday harajatlar kolami elektr energiyasidan samarasiz foydalanish yoki togridan togri isrofgarchilikka yol qoyish ham moddiy, ham manaviy zarar ekanligini korsatadi. Aslida tejamkorlik imkoniyatlari unchalik murakkab emas. Jumladan, korxona va tashkilotlarning mamuriy binolarni, ishlab chiqarish sexlari va aholi yashash joylarini choglanma lampalar orniga xozirgi zamonaviy diodli lampalardan foydalanish orqali salmoqli elektr energiyasini tejash mumkin. Aslida choglanish lapmalarining foydali ish koeffitsenti 6 foizdan oshmaydi, diodli lampalarni ish koeffitsenti esa 40-80 foizni tashkil etadi. YAni quvvati 100 VT choglanish lampaning yoruglik okimi 1000 lyumenga teng bolsa, 22 Vtli diodli lampaning yoruglik oqimi 1180 lyumenga tengdir. Bundan tashqari, diodli lampaning ishlash muddati choglanish lampalariga nisbatan 10 barobar kop ekanligi ilmiy isbotlangan.
XXI asrning energetika sohasidagi eng songgi kashfiyoti hisoblangan LED (Light Emission Diod) ni yaratgan bir qator yaponiyalik olimlar Isamu Akasaki, Xiroshi Amano va SHuji Nakamuralarga 2014 yilda fizika yonalishi boyicha Nobel mukofoti berilgan, sababi ushbu ixtiro yangi asrda insoniyat turmush tarzining ozgarishiga jiddiy tasir korsatadi deb hisoblangan edi. Mutaxassislar fikricha, Edisolnning isituvchi, choglantiruvchi lampalar XX asrning eng yaxshi ixtirosi sifatida qaralgan bolsa, XXI asrni olimlar LED asri boladi, deb hisoblashmoqda. Buning eng jiddiy sababi ularning ota tejamkorligidadir. Malumot uchun: choglanuvchi lampalar 100 Vt.ni 1 kunda 6 soat yoqilgan taqdirda bir dona lampaning elektr tokini somga nisbatan sarflangan xarajati 150 somni tashkil etadi. Bir xaftada bu harajat 1050 somni, 1 oyda 4500 somni, 1 yilda esa 54750 som mablag sarflanadi. LED 9 Vt. lampasi 1 kunda 13,5 som, 1 xaftada 94,5 som, 1 oyda 405 som, 1 yilda bor-yogi 4927,5 somlik elektr tokini sarflaydi. Qarangki, elektr tokini tejaydigan lampani ishlatgan istemolchi bebaho nemat hisoblangan elektr energiyani tejashga oz hissasini qoshibgina qolmasdan, tejalgan elektr energiya davlat uchun foydali boshqa maqsadlarga sarflanishiga oz hissasini qoshgan boladi.


Ro`yxatga qaytish