: A A A
Korrupsiya jamiyat va mamlakat iqtisodiyoti rivojiga salbiy tasir etadigan xatarli illatdir

25.02.2019 08:47:00

Korrupsiya jamiyat va mamlakat iqtisodiyoti rivojiga salbiy tasir etadigan xatarli illatdir

Korrupsiya jamiyat va mamlakat iqtisodiyoti rivojiga salbiy ta’sir etadigan xatarli illatdir. Korruptsiyaning boshqa jinoyatchilik turlari, ayniqsa, poraxo‘rlik, uyushgan va iqtisodiy jinoyatchilik bilan aloqalari uzviylik kasb etib borishi butun ijtimoiy munosabatlar uchun yanada xatarlidir.
Kopgina davlatlarda korruptsiyaga qarshi kurashning samarali mexanizmlari va ularning huquqiy asoslari ishlab chiqilgan.
Korruptsiyaga qarshi kurash va uning eng jirkanch turi bolgan poraxorlik jinoyatiga qarshi kurashish siyosati davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida ushbu jinoyatni oziqlantiradigan sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan har tomonlama va izchil chora-tadbirlar tizimini qamrab oladi. Mazkur illatga nisbatan odamlarda konikma shakllanib qolishining oldini olish va unga qarshi kurashning samarali yollarini topish bu borada asosiy maqsad hisoblanadi.
Shu maqsadda korruptsiyaga oid milliy qonunchilik yana bir bor tahlil etilib, Prezidentimizning tashabbusi bilan 2017 yil 3 yanvar kuni Ozbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish togrisida”gi Qonuni qabul qilindi.
Qabul qilingan qonun bilan Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yonalishlari belgilab berilgan va ular quyidagilardan yani,
- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
- davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni oz vaqtida aniqlash, ularga chek qoyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini taminlashdan iboratdir.
Huquqiy davlatning eng muhim vazifalaridan biri qonunlarga tayangan holda insonparvarlik va odillik tamoyillari asosida odillikni taminlashdir. Mazkur tamoyillarga toliq rioya qilish sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlash togrisidagi qonunchilik talablarini ogishmay bajarishni taqozo etib, jamiyat va mamlakat iqtisodiyoti rivojiga salbiy tasir korsatuvchi Korruptsiya kabi illatlarni oldini olish, bu borada fuqarolarni Respublikamiz Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalash barchamizning burchimizdir.


Ro`yxatga qaytish