: A A A
Ratsionalizatorlik takliflar amalda

19.02.2019 15:14:00

Ratsionalizatorlik takliflar amalda

Hurmatli prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2019-yilni “Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilinishi, sanoatimiz rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
Yangilik, raqobat bor joyda rivojlanish bo‘ladi. Yangilik bu -taraqqiyot kalitidir. Stantsiyamizda ham mavjud kamchiliklarni ijobiy hal qilish, yangiliklar yaratish, ratsionalizatorlik takliflarini qollab- quvvatlash maqsadida stantsiyamizda 2018-yil 14-fevralda 89-sonli buyruq chiqarilib, ushbu buyruqqa asosan 25 kishidan iborat ratsionalizatorlik takliflarni organish uchun (BRIZ) - ratsionalizatorlik va kashfiyotchilik arizalarni korish byurosi tashkil etilgan.
2019-yilning yanvar oyida stantsiyamiz ishchi va muhandis xodimlari tomonidan 12 ta ratsionalizatorlik takliflari kelib tushdi. Bular MTTSdan 2 ta, DChSdan 1 ta, ISTTSdan 1 ta, IAOTSdan 2 ta, ETSdan 2 ta, ATBdan 2 ta, IChS va TXKB (SSTS)dan 2 tadan iborat. Yigilgan takliflar (BRIZ) - ratsionalizatorlik va kashfiyotchilik arizalarni korish byurosi komissiyasining 11-fevraldagi yigilishida atroflicha korib chiqilib, «Sirdaryo IES» AJning ratsionalizatorlik faoliyati togrisidagi nizomga asosan 9 ta taklif ratsionalizatorlik taklifi va 3 ta taklif ratsionalizatorlik taklifi emas, deb topildi. Ayniqsa taklif etilgan ratsionalizatorlik goyalarning ishlab - chiqarishga joriy etilishi tahsinga sazovordir. Bular MTTS ustasi Y. Tajiboyev va chilangar L. Raimqulovlar tomonidan taklif etilgan Tutun sorish mexanizmi 4-podshipnik sovutish tizimi havo yuborish ventilyatori rekonstruktsiyasi xamda ATB muhandislari T. Mazannik, M. Xayrullayevning IChS va TXKB muhandisi B. Mamatmurodov bilan birga yaratgan Issiqlik tarmogi parametrlari hisobi va tasviri programmasi. Qolgan ratsionalizatorlik takliflarni amaliyotga joriy etish va texnik - iqtisodiy samaradorligini isbotlash boyicha topshiriqlar berildi.
Amaliyotga joriy etilgan ratsionalizatorlik takliflar texnik - iqtisodiy samaradorligi organib chiqilib, Sirdaryo IES AJning ratsionalizatorlik faoliyati togrisidagi nizomga asosan moddiy ragbatlantiriladi.
Siz ham yangilik yarating, ratsionalizator boling!


Ro`yxatga qaytish