: A A A
"Sirdaryo IES" AJ Yoqilgi-transport tsexidagi qizgin ish pallasi.

19.02.2019 11:15:00

"Sirdaryo IES" AJ Yoqilgi-transport tsexidagi qizgin ish pallasi.

Shaxrimiz azim nurxonasining shundoq orqa tomoniga o‘tsangiz, oftobda yaraqlab turgan bir biridan bahaybat bochkalar -rezervuarlarga kozingiz tushadi. Bu mahobatli idishlarda elektr energiya ishlab chiqarishda suv bilan havodek zarur bolgan mazut yoqilgisi saqlanadi. Mazut yoqilgisi zahira yoqilgi hisoblanib, stantsiyada undan qishki mavsumda gaz bosimi pasayganda yoki uzilganda foydalaniladi. Korxonaning ulkan qozon qurilmalarini oz vaqtida yetarli bosimda mazut yoqilgisi bilan ta’minlash Yoqilgi transport sexi zimmasidadir. 100 dan ortiq ishchi hodimlarning mehnat maskani bolgan bu sexning stantsiya ishchilari qisqacha qilib “mazutka” deyishadi. 37,4 gektarni tashkil etgan YoTTS hududida 3 ta mazut saqlash xojaligini oz ichiga oladi. Unda mazut saqlanadigan ulkan rezervuarlar soni 25 ta. Temir yol, lokomotiv parki, yoqilgini qabul qilish va tokish estakadalari mazut va bug quvurlari nasos qurilmalari va boshqalar mavjud.
Yoqilgi-transport sexiga bugungi kunda qoshni Qozogiston Respublikasi va Buxorodan shartnomalar asosida mazut yoqilgisi qabul qilinmoqda. Ishlab chiqarish zaruriyatiga kora, Yoqilgi-transport sexiga keltirilgan va keltirilayotgan mazut yoqilgisini oz vaqtida va belgilangan muddatda qabul qilib, tokib olishlari va bosh sisternalarni soz holda Farxod temir yol stantsiyasiga jonatish talab etiladi. Ish jarayoni sutka davomida toxtamasligi zarur bolib, seximiz hodimlari kechani-kecha va kunduzni-kunduz demay, - ter tokib, mehnat qilishmoqda. Seximizda avvalo ish jarayonida amal qilish lozim bolgan bitta Temir qoida bor, yani Yongin xavfsizligi qoidasi. Negaki, xududimiz rezervuarlarida minglab tonna mazut zahirasi saqlanadi. Bu yoqilgi tez alangalanuvchi suyuqlik bolgani uchun ham ishga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim. Shu asnoda har bir xodim oz ishiga jonkuyarkuyarlik va fidokorona yondashib, yongin xavfsizligi qoidalariga qattiq rioya etadi.
Tseximizda payvandchilar, armaturachilar, nasos sozlovchilar, temir yol tamirlovchilari, teplovoz mashinistlari, obodonlashtirish guruhi, ishchilari oz vazifalarini sidqidildan ado etib kelishmoqda. YoTTSda barcha ishlarni boshqarayotgan ishlab chiqarish boyicha boshliq muovini Abdunazarov Raximjon Xakimovich bolib, u smena boshligi Gulzoda Fayzullayeva, muxandis Tashmatova Zulfiya, usta Berdaliyev Muzaffar, yoqilgi uzatish mashinisti Petrunina Yelena, lokomotiv mashinistlari Sultonov Shavkat, Mirzayev Najmiddin, chilangar Turdaliyev Golib, Axunjanov Ismonali, Turdiboyev Asqarali va Nurmatov Akbaralilarning mexnati maqtovga loyiqligi haqida aytib otdi. Ushbu ishchi hodimlar yuksak mehnat namunalari bilan barchaga ornak bolib kelishmoqda. Yosh kadrlarga kasb maxoratlarini orgatishmoqda.
Ishchilarimiz mehnatlarini munosib baholash maqsadida gaz elektr payvandchi Berdiyev Axmad Razzoqovich kop yillik va samarali mehnatlari inobatga olinib, 22 dekabr Energetiklar kuni kasb bayrami munosabati bilan Ozbekiston energetika faxriysi unvoni bilan taqdirlandi.
Yoqilgi - transport sexining fidoyi ishchilari vazifalari masuliyatini har doim chuqur his etadilar, kasbi va mehnatlari bilan faxrlanadilar. Negaki xonadonlarimiz - yurtimiz nurafshon bolishida sanoat korxonalarimiz zavod va fabrikalarimizning bir maromda ishlashida ularning ham hissasi bor.


Ro`yxatga qaytish